Главная » Yangiliklar » Texasda turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan 16 yoshli qizni ota-onasi qizib turgan yog‘ bilan azoblagan
Texasda turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan 16 yoshli qizni ota-onasi qizib turgan yog‘ bilan azoblagan

Texasda turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan 16 yoshli qizni ota-onasi qizib turgan yog‘ bilan azoblagan

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Texasda turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan 16 yoshli qizni ota-onasi qizib turgan yog‘ bilan azoblagan
  • Дата релиза: 27-03-18, 15:35
Texasda turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan 16 yoshli qizni ota-onasi qizib turgan yog‘ bilan azoblagan
AQShning Texas shtatida yanvar oxirida bedarak yo‘qolgan o‘quvchi qizning ota-onasi u o‘zlari aytgan erkakka turmushga chiqishni istamagani uchun uni qiynoqqa solgan, deb yozadi Forum Daily.

16 yoshli Maarib Al-Xishmaviy 30-yanvar kuni yo‘qolib qolgan. O‘shandan buyon u o‘ziga g‘amxo‘rlik qilgan bir tashkilotda ota-onasidan yashirinib yurgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa shaharda yashaydigan erkakka turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan qizning ota-onasi uni supurgi bilan savalab, qizib turgan yog‘ bilan azoblagan. Xabarlarga ko‘ra, ota-ona 20 ming dollar evaziga majburiy nikoh haqida kelishib olgan.

O‘smir qiz va uning 5—15 yoshdagi besh uka-singillarini bolalarni himoya qilish markaziga joylashtirishdi. Ularning ota-onasi oila a’zolariga nisbatan doimiy ravishda zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Ayni paytda ular hibsda saqlanmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: