Главная » Yangiliklar » To'lov amalga oshirilib, shartnoma muddati tugagan bo'lsa-da, negadir “Nexia-3”dan darak bo'lmadi
To'lov amalga oshirilib, shartnoma muddati tugagan bo'lsa-da, negadir “Nexia-3”dan darak bo'lmadi

To'lov amalga oshirilib, shartnoma muddati tugagan bo'lsa-da, negadir “Nexia-3”dan darak bo'lmadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: To'lov amalga oshirilib, shartnoma muddati tugagan bo'lsa-da, negadir “Nexia-3”dan darak bo'lmadi
  • Дата релиза: 15-06-18, 15:31
To'lov amalga oshirilib, shartnoma muddati tugagan bo'lsa-da, negadir “Nexia-3”dan darak bo'lmadi
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va uning hududiy birlashmalari, tuman va shahar jamiyatlari tomonidan hech bir murojaat e`tiborsiz qolayotgani yo`q. Zero, bugun tizim xodimlari “Iste`molchilar manfaatlari har narsadan ustun” degan tamoyil asosida o`z faoliyatlarini olib borishmoqda.

Joriy yilning 11 iyun kuni Zarafshon shahri 11-kichik tuman 12-uy, 99-xonadonda yashovchi Feruz Ergashov Federasiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qilgan og`zaki murojaati Navoiy shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o`rganib chiqildi, deb yozmoqda O`zA.

Murojaatda fuqaroning Navoiy shahar Amir Temur ko`chasida joylashgan “Navoiyavtotexxizmat” korxonasiga “Nexia-3” rusumli engil avtomashina uchun to`lovni to`liq amalga oshirgani, ammo shartnoma muddati tugagan bo`lishiga qaramasdan hanuzgacha avtomashinani ololmayotganligi qayd etilgan.

Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida 13 iyun kuni fuqaroning murojaati ijobiy echim topdi. F.Ergashev qisqa muddatda yangi engil avtomashinaga ega bo`ldi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: