Главная » Yangiliklar » To‘qqiz oylik kurs va siz universitet talabasisiz. Qanday qilib?
To‘qqiz oylik kurs va siz universitet talabasisiz. Qanday qilib?

To‘qqiz oylik kurs va siz universitet talabasisiz. Qanday qilib?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: To‘qqiz oylik kurs va siz universitet talabasisiz. Qanday qilib?
  • Дата релиза: 23-09-16, 22:33
To‘qqiz oylik kurs va siz universitet talabasisiz. Qanday qilib?
Oliy o‘quv yurtiga tayyorlanish bo‘lajak talabadan sabr-qanoat, chuqur bilim olish, qunt va, albatta, to‘g‘ri vaqt taqsimotini taqozo etadi. Ushbu mas’uliyatli mashg‘ulot ilg‘or texnika vositalari bilan ta’minlangan, keng xonalar hamda elektron kutubxonaga ega, kurs yakunida ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim dargohiga kirishni to‘la kafolatlaydigan markazda jam bo‘lsa-chi? Elite Study Group nodavlat ta’lim muassasasi sizga xuddi shunday ajoyib imkoniyatni va’da qiladi. Foto: Elite Study Group Abituriyentlar tayyorlashning 9 oylik kursi nafaqat nazariy, balki intellektual musobaqalar, tanlovlar hamda o‘yinlardan iborat qiziqarli dars jarayonidan tashkil topgan. Eng muhimi, malakali professorlar, o‘z kasbining haqiqiy fidoyilari sanalgan, yetakchi chet el ta’lim muassasalarida bilim olgan mahalliy va xorijlik o‘qituvchilar ko‘magida siz hatto eng qiyin mavzularni ham osonlik bilan o‘zlashtira olasiz. Foto: Elite Study Group Kurs vakillari iqtidoringizdan kelib chiqqan holda aynan qaysi sohada faoliyat yuritishingiz kerakligini maxsus texnologiyalar yordamida aniqlab beradi. Har oyda o‘tkazidigan test imtihonlari esa olgan bilim-ko‘nikmalaringizni doimiy ravishda monitoring qilib borishingizda yaqin ko‘makchidir. Foto: Elite Study Group Mazkur bilim maskanidagi tahsil mobaynida siz o‘zingiz orzu qilgan xorijiy oliy o‘quv yurtlariga safar qilib, o‘quv jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz. E’tiborli tomoni, Elite Study Group bilan tuziladigan shartnomaga asosan xorijiy oliy ta’lim dargohlari va ularning yurtimizdagi filiallari yil mobaynida bilimi, aqliy salohiyati bilan ajralib turgan kurs bitiruvchilarini tanlab, talabalar safiga qabul qilishlari ham mumkin. O‘quv kursi hatto oliy o‘quv yurtini tugatgan bitiruvchilarining nufuzli tashkilotlarga ishga joylashishi, o‘z yo‘lini topib olishida ham yaqindan yordam beradi. Foto: Elite Study Group Elite Study Group o‘quv markazida abituriyentlar mutaxassislik fanlari qatorida kundalik hayotda o‘ta zarur sanalgan huquqiy bilimlarini takomillashtirishi, darslardan bo‘sh vaqtlarida maydonchalarda sevimli sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi, psixologlarning individual asosdagi maslahatlaridan bahramand bo‘lishi uchun kerakli sharoitlar muhayyo etilgan. Foto: Elite Study Group Qo‘shimchasiga, tinglovchilar qulay forma, aqliy tafakkurni charxlovchi tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan 3 mahal issiq ovqat, zarur bo‘lganida esa yotoqxona bilan ta’minlanadi. Haftaning olti kunidagi darslardan so‘ng yoshlarning birgalikda turli madaniy maskanlarda mazmunli hordiq chiqarishi ko‘zda tutilgan. Foto: Elite Study Group Shoshiling, jahon standartlariga to‘la javob bera oladigan, o‘qishga kirishingizni kafolatlovchi chinakam ma’nodagi topilma — Elite Study Group o‘quv maskani aynan sizni kutadi! Elite Study Group Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Xalqaro biznes markazi, “Toshkent Plaza” binosi, 1-qavat. Mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati, “Toshkentlend”, Yapon bog‘i. Telefon: (+998-71) 238-92-53, 238-92-55, (+998-91) 132-17-78. Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. Elite Study Group NTM xizmat ko‘rsatadi
Логин:
Пароль: