Главная » Yangiliklar » Tojikistonlik foydalanuvchilar yopib qo‘yilgan “Odnoklassniki”ga kirish yo‘llarini topdi
Tojikistonlik foydalanuvchilar yopib qo‘yilgan “Odnoklassniki”ga kirish yo‘llarini topdi

Tojikistonlik foydalanuvchilar yopib qo‘yilgan “Odnoklassniki”ga kirish yo‘llarini topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tojikistonlik foydalanuvchilar yopib qo‘yilgan “Odnoklassniki”ga kirish yo‘llarini topdi
  • Дата релиза: 31-07-14, 00:26
Tojikistonlik foydalanuvchilar yopib qo‘yilgan “Odnoklassniki”ga kirish yo‘llarini topdi
Tojikistonda noma’lum sabablarga ko‘ra yopib qo‘yilgan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘iga ayni damda mamlakat hududidan kuniga 200 ming foydalanuvchi kirmoqda. Bu haqda “Odnoklassniki”ning axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoq bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yopilishidan avval “Odnoklassniki”dan har kuni 350 ming tojikistonlik foydalangan. Hozirda ijtimoiy tarmoqqa Tojikiston hududidan kirayotganlar Tor anonim tarmog‘i singari chetlab o‘tish tizimlaridan foydalanayotgan bo‘lishlari mumkin.

Avval xabar berganimizdek, 20-iyul, yakshanba kuni ertalabdan respublikadagi yetakchi internet-operatorlar mijozlari “Odnoklassniki” ochilmay qolganini ma’lum qilgan.
Логин:
Пароль: