Главная » Yangiliklar » Tomoshabinlar Londondagi tennis turnirida o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ladi
Tomoshabinlar Londondagi tennis turnirida o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ladi

Tomoshabinlar Londondagi tennis turnirida o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tomoshabinlar Londondagi tennis turnirida o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ladi
  • Дата релиза: 11-06-14, 00:25
Tomoshabinlar Londondagi tennis turnirida o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ladi
9-iyun kuni London shahrida mukofot jamg‘armasi 809 ming 600 yevrodan iborat yirik turnirning asosiy tur bahslari start oladi. O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raqamli tennischilari: Denis Istomin hamda Farrux Do‘stov London turnirining birinchi davrasida o‘zaro to‘qnash keladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Istomin to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy turga qo‘yilgan bo‘lsa, Do‘stov saralash bahslarida g‘olib chiqdi. Afsuski, birinchi davradayoq tennischilardan biri o‘z ishtirokini yakunlaydi. Ikkinchi bosqichda Aleksandr Dolgopolov o‘zbekistonliklardan biriga raqib bo‘ladi. Turnirda 8-raqam ostida tasniflangan ukrainalik tennischi o‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlaydi.

London turniri g‘olibi 90 ming 100 yevro hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi
Логин:
Пароль: