Главная » Yangiliklar » ​"Toshkent-Andijon-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha qatnov qayta yo`lga qo`yildi
​

​"Toshkent-Andijon-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha qatnov qayta yo`lga qo`yildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​"Toshkent-Andijon-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha qatnov qayta yo`lga qo`yildi
  • Дата релиза: 01-02-17, 22:43
​"Toshkent-Andijon-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha qatnov qayta yo`lga qo`yildi
2017 yilning 23 yanvar kuni “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati "Toshkent-Andijon-Toshkent" yo`nalishida qatnovchi 61/62, 60/59–sonli yo`lovchi poezdlarining harakati profilaktika munosabati bilan vaqtincha to`xtatilgani haqida xabar bergan edi. Bugun mazkur yo`nalishda qatnovchi yo`lovchi va yuk poezdlarining qatnovi qayta yo`lga qo`yildi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

“2017 yil 1–fevral kunidan boshlab "Toshkent-Andijon-Toshkent" yo`nalishida qatnovchi 61/62, 60/59–sonli yo`lovchi poezdlari hamda yuk poezdlarining muntazam qatnovi yana yo`lga qo`yildi”,—deyiladi xabarda.
Логин:
Пароль: