Главная » Yangiliklar » Toshkent ko`chalarida otliq otryad xizmati yo`lga qo`yildi
Toshkent ko`chalarida otliq otryad xizmati yo`lga qo`yildi

Toshkent ko`chalarida otliq otryad xizmati yo`lga qo`yildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkent ko`chalarida otliq otryad xizmati yo`lga qo`yildi
  • Дата релиза: 29-06-18, 17:34
Toshkent ko`chalarida otliq otryad xizmati yo`lga qo`yildi
Poytaxt IIBB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash Boshqarmasi post-patrul xizmati Brigadasi tuzilmasida tashkil etilgan otliq otryadi shahardagi dam olish maskanlari va sayilgohlarda nazoratni olib borishmoqda.

Ushbu brigada ayni paytda Alisher Navoiy nomli kutubxona, Hyatt mehmonxonasi va uning atrofidagi ko`chalarda ham patrullik qilmoqda.

Тошкент шаҳар ИИББда отлиқ отряд хизмати йўлга қўйилди

Otliq patrul xizmatining ish vaqti har kuni soat 17:00 dan boshlanadi.

Uzreport.news xabariga ko`ra, otlar Germaniya va Ispaniyadan keltirilgan bo`lib, ular har qanday shovqin-suronga ko`nikma hosil qilgan. Avtomobillarning tovushli ishoralari, gavjum odamlarning harakatlari otlarni hurkitmaydi.

Hozirda shaxsiy tarkibni o`qitish, ularning bilim saviyasi, jangovar shayligi, ot minish ko`nikmalari, xizmat yo`nalishida qaysi tartibda harakatlanishi bo`yicha ham darslar muntazam o`tkazilmoqda.

Otliq patrul xizmati xodimlari fuqarolarga tez tibbiy yordam kerak bo`lsa, yordam ko`rsata oladi. Xorijlik sayyohlarga istagan ma`lumotlarini taqdim etib, qiziqtirgan savollariga javob beradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: