Главная » Yangiliklar » TOShKENT MAKTABLARIDA 11 YILLIK TA`LIMGA QAYTISh YuZASIDAN SO`ROVNOMA O`TKAZILADI
TOShKENT MAKTABLARIDA 11 YILLIK TA`LIMGA QAYTISh YuZASIDAN SO`ROVNOMA O`TKAZILADI

TOShKENT MAKTABLARIDA 11 YILLIK TA`LIMGA QAYTISh YuZASIDAN SO`ROVNOMA O`TKAZILADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: TOShKENT MAKTABLARIDA 11 YILLIK TA`LIMGA QAYTISh YuZASIDAN SO`ROVNOMA O`TKAZILADI
  • Дата релиза: 18-06-17, 13:21
TOShKENT MAKTABLARIDA 11 YILLIK TA`LIMGA QAYTISh YuZASIDAN SO`ROVNOMA O`TKAZILADI
Prezident Shavkat Mirziyoev kuni kecha Uchtepa tumaniga tashrifi chog`ida 78-umumta`lim maktabini borib ko`rgani hamda ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta`limni qayta tiklash zarurligini ta`kidlagani haqida avval xabar bergandik.

Xususan Shavkat Mirziyoev yuqori sinflarda bolalar shaxs bo`lib, jamoa bo`lib shakllanishi va ayni o`sha paytda ularni o`zlari o`rgangan muhitdan ajratilishi ularning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta`lim-tarbiyasiga salbiy ta`sir qilishini qayd etdi hamda masalani echimi sifatida ta`lim jarayonining usluksizligini ta`minlash zarurligini qayd etdi.

Prezident bundan buyon kollej va liseylarning chiroyli binolari uchun sarflanadigan mablag`lar maktab o`qituvchilariga yo`naltirilishini alohida ta`kidlab o`tdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbuslari natijasi o`laroq bugun Bosh vazir Abdulla Aripov Xalq ta`limi vaziri U.I.Inoyatov, Oliy va o`rta maxsus ta`limi vaziri R.S.Qosimov, O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi Markazi direktori M.M.Xolmuxamedov, Toshkent shahar hokimi R.J.Usmanovlar ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda 18 iyun kuni Toshkent shahri maktablarida 10-11-sinflar ochilishi yuzasidan ota-onalar o`rtasida so`rovnoma o`tkazilishi ma`lum qilindi.

Bosh vazir kollej va akademik liseylar ham saqlanib qolishi, 9-sinf bitiruvchilari kelgusi ta`lim yo`nalishini ihtiyoriy tanlashlari mumkinligi qayd etdi.

Xullas, ertaga Toshkent shahri bo`yicha farzandi 9-sinfni bitirayotgan ota-onalar o`rtasida so`rovnoma o`tkaziladi va ko`pchilikning fikri bilan eksprimental tarzda Toshkent shahrida 11 yillik ta`lim joriy qilinadi.

Ushbu so`rovnomalarda faol ishtirok etishingiz so`raladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: