Главная » Yangiliklar » Toshkent metrosiga elektron to‘lov terminallari o‘rnatila boshladi
Toshkent metrosiga elektron to‘lov terminallari o‘rnatila boshladi

Toshkent metrosiga elektron to‘lov terminallari o‘rnatila boshladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkent metrosiga elektron to‘lov terminallari o‘rnatila boshladi
  • Дата релиза: 07-08-14, 22:59
Toshkent metrosiga elektron to‘lov terminallari o‘rnatila boshladi
Toshkent metropoliteniga elektron to‘lov terminallari o‘rnatila boshladi. 6-avgustdan ba’zi bekatlarda, xususan “Mustaqillik maydoni” va “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatlarida turniketlar o‘rnatish ishlari olib borildi.

“Buyuk Ipak yo‘li” bekati ma’muriyatining “Anhor” nashriga ma’lum qilishicha, turniketlar endi-endi o‘rnatilmoqda, ularning qachon ishlay boshlashi noma’lum.

“Bu sinov tariqasidagi turniketlardir. O‘rnatilib bo‘lgach, ulardan metropoliten xodimlari foydalanib ko‘radi. Sinov muddatidan so‘ng barcha turniketlar almashtirilishi mumkin. Hozircha bunday turniketlar bekatlarning har ikkala kirish joylariga bittadan o‘rnatiladi”, — dedi “Buyuk Ipak yo‘li” bekati ma’muriyati vakili.
Логин:
Пароль: