Главная » Yangiliklar » ​Toshkent osmonidan uchib o`tgan noma`lum jism bolid ekanligi ma`lum qilindi(Video)
​Toshkent osmonidan uchib o`tgan noma`lum jism bolid ekanligi ma`lum qilindi(Video)

​Toshkent osmonidan uchib o`tgan noma`lum jism bolid ekanligi ma`lum qilindi(Video)

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkent osmonidan uchib o`tgan noma`lum jism bolid ekanligi ma`lum qilindi(Video)
  • Дата релиза: 19-05-17, 18:32
​Toshkent osmonidan uchib o`tgan noma`lum jism bolid ekanligi ma`lum qilindi(Video)
18 may kuni poytaxt aholisi samoda g`ayrioddiy holatga guvoh bo`lishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari osmonda uchayotgan noma`lum jism aks etgan videoni e`lon qilishdi.

Izohlarda turli taxminlar yozib qoldirilmoqda. Ayrimlar noma`lum jismni meteorit desa, boshqalar qandaydir raketa, deb o`yladi.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyaning astronomiya instituti professori Shuhrat Egamberdievning “Darakchi.uz”ga ma`lum qilishicha, mazkur ob`ekt dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bolid hisoblanadi. Bolid – o`ta yorqin meteor bo`lib, uchib o`tayotganida o`zidan tutunsifat, dumga o`xshash iz qoldiradi.

U erga tushganida portlashi yoki meteoritlarga aylanishi mumkin.

Xuddi shunday holat 2013 yilda Rossiyaning Chelyabinsk shahrida kuzatilgan edi, biroq u bolid hajmi jihatidan ancha katta edi.

Ayni paytda Toshkent aholisini hayajonga solgan kosmik jismning “taqdiri” o`rganilmoqda.


Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: