Главная » Yangiliklar » Toshkent shahrida sovuq suv narxi oshiriladi
Toshkent shahrida sovuq suv narxi oshiriladi

Toshkent shahrida sovuq suv narxi oshiriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkent shahrida sovuq suv narxi oshiriladi
  • Дата релиза: 02-02-18, 08:52
Toshkent shahrida sovuq suv narxi oshiriladi
Toshkent shahar hokimligining 2018 yil 29 yanvardagi deklarasiyasi bilan «Suvsoz» davlat unitar korxonasi joriy yilning 14 fevral kunidan sovuq suv uchun narxlarni oshiradi. Bu haqda korxona saytida xabar berildi.

Toshkent aholisi uchun bir kub metr sovuq suv narxi 190 so`mdan 195 so`mga, kanalizasiya xizmatlari esa 155 so`mdan 162 so`mga oshiriladi.

Hisoblagich bo`yicha to`lov amalga oshirishda markazlashgan issiq suv ta`minotiga ega ko`p qavatli uylarda 1 metr kub narxi 625 so`m (hozir — 500 so`m), markazlashgan issiq suv ta`minotisiz — 460 so`m (hozir — 395 so`m).

Xususiy sektor uylarida kanalizasiya mavjud bo`lganda bir kub metr suv narxi 345 so`mdan 460 so`mga, kanalizasiyasiz uylarniki 190 so`mdan 295 so`mga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, bunga qadar sovuq suv narxlari 2017 yilning 21 iyulida oshirilgan edi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: