Главная » Yangiliklar » ​Toshkent shahridagi avtobuslarning ish jadvali o`zgardi
​Toshkent shahridagi avtobuslarning ish jadvali o`zgardi

​Toshkent shahridagi avtobuslarning ish jadvali o`zgardi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkent shahridagi avtobuslarning ish jadvali o`zgardi
  • Дата релиза: 18-05-17, 10:52
​Toshkent shahridagi avtobuslarning ish jadvali o`zgardi
Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan Xosil Xusanovich Xalmatov “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Yangi rahbar raisligida 2017 yilning 13 va 14 may kunlari jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari va yo`lovchi tashuvchi yo`nalishlar sardorlari ishtirokida kengaytirilgan yig`ilishlar o`tkazildi.

"Toshshahartransxizmat" AJning axborot xizmati yig`ilishlarda belgilangan asosiy vazifalar haqida ma`lumot berdi, jumladan:

- yo`lovchi tashish transportida xavfsizlikni ta`minlash;

- aholining yo`lovchi tashishga bo`lgan ehtiyojini to`liq qondirish;

- yo`nalishlarda avtobuslar muntazamligini ta`minlash;

- aholidan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlardan kelib chiqib, avtobuslarning tasdiqlangan ish rejimi va tasdiqlangan jadval bo`yicha, ya`ni ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 24:00 gacha ishlashini ta`minlash;

- nosoz avtobuslarni zudlik bilan ta`mirlash va ulardan yo`lovchi tashishda samarali foydalanish;

- avtokorxonalardagi barcha ishchi-xodimlarning, shu jumladan farrosh, chilangar, haydovchilar va chiptachilarning oylik maoshini oshirish va ularni mehnatiga qarab munosib rag`batlantirishni ta`minlash;

- haydovchi va chiptachilarning yo`lovchilarga bo`lgan muomala madaniyatini yuksaltirish;

- haydovchilarga qulay mehnat sharoitini yaratish, ularga eng qulay va sifatli meteriallardan kiyim-bosh tiktirish kabi masalalar ko`rib chiqildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: