Главная » Yangiliklar » Toshkent shahriga olib kirilgan 180 ming dona pirotexnika vositalari yo`q qilindi
Toshkent shahriga olib kirilgan 180 ming dona pirotexnika vositalari yo`q qilindi

Toshkent shahriga olib kirilgan 180 ming dona pirotexnika vositalari yo`q qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkent shahriga olib kirilgan 180 ming dona pirotexnika vositalari yo`q qilindi
  • Дата релиза: 01-02-17, 12:28
Toshkent shahriga olib kirilgan 180 ming dona pirotexnika vositalari yo`q qilindi
Toshkent shahriga noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan va poytaxt ichki ishlar, soliq, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan musodara qilingan 180 ming 880 dona turli xildagi pirotexnika vositasi maxsus komissiya ishtirokida yo`q qilindi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda mamlakatimizga olib kirish, sotish va foydalanish holatlari, afsuski, uchrab turibdi. Shu bois ichki ishlar, soliq idoralari, bojxona qo`mitasi va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus guruhlar ishtirokida mamlakatimiz hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo`yicha tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda.

2016 yil 13 dekabr kuni poytaxtimizning Mirobod dehqon bozorining Farg`ona yo`li ko`chasidagi Farg`ona shoxobchasida 10 ming donadan ziyod pirotexnika vositasi o`z «xaridorlari» qo`liga etib borishining oldi olingan bo`lsa, 20 dekabr kuni Yunusobod tumanida o`tkazilgan tadbirda ushbu hududda istiqomat qiladigan fuqarolardan birining yonidan 12 ming 400 dona pirotexnika vositasi daliliy ashyo sifatida olingan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: