Главная » Yangiliklar » ​Toshkentda 1000 dollar evaziga o`limdan qutqarishga va`da bergan folbin qo`lga olindi
​Toshkentda 1000 dollar evaziga o`limdan qutqarishga va`da bergan folbin qo`lga olindi

​Toshkentda 1000 dollar evaziga o`limdan qutqarishga va`da bergan folbin qo`lga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkentda 1000 dollar evaziga o`limdan qutqarishga va`da bergan folbin qo`lga olindi
  • Дата релиза: 27-06-17, 13:54
​Toshkentda 1000 dollar evaziga o`limdan qutqarishga va`da bergan folbin qo`lga olindi
Bugungi kunda odamlar ishonchiga kirib, ularni aldab tekin daromad ishqida vijdonini ham unutib yuborayotgan kimsalarni uchratishimiz mumkin. Shunday shaxslardan biri Lobar Sobitova (ism-familiyalar o`zgartirilgan)dir.

U yoshi ancha o`tib qolgan bo`lsa-da, biror tayinli ishning boshidan tutmadi. Aksincha osongina pul topib, engil hayot kechirish maqsadida folbinlik kasbi bilan shug`ullana boshlaydi. Dastlab mehnati uchun xizmat haqi sifatida mijozlari tomonidan berilgan pullarga shukr qilib keladi. Ammo ma`lum vaqt o`tib, nafsi buzilib, kelayotgan daromadga qanoat qilmay qoldi. Shu sababdan u oldiga madad so`rab kelgan insonlardan yaxshigina pul undirish yo`llarini izlab, turli xil nayranglar o`ylab topa boshlaydi. Va bu o`z natijasini berib, qarmog`iga nahang baliqlar ilinadi.

Birinchi o`lja

Unga birinchi o`lja Elena ismli ayol bo`ldi.

Siz va oila a`zolaringizning hayotida har xil noxushliklar yuzaga kelmoqda. Buni oldindan ko`rayapman, — deya so`z qotdi folbin uyiga yordam so`rab kelgan mijozining dardini eshitib.
Bu falokatlarning oldini olish mumkinmi? — so`radi xavotirda Elena.
Ha, albatta, avval ishni uyingizni egallab olgan har xil ins-jinslarni tozalashdan boshlash kerak. Buning uchun xonadoningizga borib, o`zimning kuchli duolarimni o`qib, isiriq tutatib, dushmanlar qilgan yomonliklarini haydashim lozim, — javob qaytardi folbin.
Sizni ins-jinslar qattiq siquvga olishmoqda. Menga pul bering, pulning seriyasiga qarab o`qib qo`yaman. Shundan keyin ular sizni tinch qo`yishadi. Xavotirlanmang, pullaringizni 40 kundan keyin qaytarib beraman.
Turmush o`rtog`im menga xiyonat qilmoqda. Shuni bu yo`ldan qaytarishda yordam bering, yana qizlarimning hayotida juda ko`plab noxushliklar sodir bo`lmoqda. O`zim esa og`ir kasal bo`lib qolyapman, kechalari uxlolmayman, bundan tashqari negadir ishlarim ham unchalik yurishmayapti. Turkiyadan mollarni olib kelib sotaman, lekin bozor sust, sotish qiyin kechmoqda. Bir necha odamga qarzga berganman, ammo ular pullarimni qaytarishmayapti, shunga oldingizga yordam so`rab keldim.
Hozirgi gaplarimdan dahshatga tushmang. Men ko`rganlarimni so`zlayman. Siz yaqinda o`lasiz.
Nega o`larkanman, nimalar deyapsiz? Gaplaringiz buncha sovuq, — dedi talvasaga tushgan Gulmira.
So`zlarimni bo`lmasdan diqqat bilan oxirigacha eshiting. Turmush o`rtog`ingiz bilanyuradigan ayol sizni kuchli odamga o`qitgan. Shu sababdan ham kechalari uxlolmaysiz, yuragingiz tez-tez og`rib turibdi, to`g`rimi?
Ha, shunday. Meni yaxshilab o`qib qo`ying, bu og`riqlardan hamda muammolardan tezroq qutulay, — deya iltimos qildi qo`rquvga tushgan Gulmira. Mijozining iltimosini erda qoldirmay folbin uni o`qib qo`ydi. Lobar o`zi o`ylab topgan yolg`onlariga ayolning ishonayotganidan foydalanib, unga qarab:
Bunga mening kuchim etmayapdi. Katta yoshdagi bir ustozim bor. O`sha ustozim o`qib qo`yishi mumkin. Buningn uchun siz menga 1.000 AQSh dollari miqdorida pul berishingiz lozim, — dedi.
Bu pullarni nima qilasiz? — hayratlandi Gulmira.
Pulni olib, shaxsan o`zim ustozimning huzuriga boraman va uning qo`liga siz bergan 1.000 AQSh dollarini uzataman. U pulning seriya raqamiga qarab, sizni 40 kun davomida o`qib qo`yadi, keyin bu pulni qaytarib beradi. Shundan so`ng iltimosingiz to`laqonli bajariladi, — deya javob qaytardi folbin. Shundan so`ng ular xayrlashdilar. Ushbu uchrashuvdan keyin ma`lum vaqt o`tib, ular o`zaro telefonda gaplashdilar. Suhbatda folbin Gulmiraga tezda pulni etkazishni ta`kidladi:
Kecha aytilgan pullarni bermasangiz bo`lmaydi, agar kechiktirsangiz, ahvolingiz og`irlashib boraveradi. Dushmanlaringiz sizni tinch qo`yishmaydi.
Rostdanmi? Hozir yonimda buncha mablag` yo`q-da. Endi nima qilaman? — javob berdi yuragiga g`ulg`ula tushgan Gulmira.
Bir ilojini toping, tanishlaringizdan qarz so`rab turing, baribir pullaringizni o`zingizga qaytarib beraman-ku. Nega ishni orqaga surasiz? Axir men sizni halovtingizni o`ylab jon koyityapman, —o`zini mehribon qilib ko`rsatishga intilib so`z qotdi folbin ayol.
Xo`p, ertaga kelavering, qo`shnimdan olib beraman, — javob qaytardi Gulmira.
Bir necha kun oldin qo`l telefonim yo`qolib qoldi. Sizning oldindan ko`rish, yo`qolgan narsalarni topib berish mahoratingiz haqida eshitdik. Telefonimni topishda ko`maklashsangiz... Qolaversa, sizni quruq qo`ymaymiz, suyunchisini olasiz, — deya dardini so`zladi O`g`iloy.
Menga ishonch bildirib kelibsiz, umidsiz qaytarmaymiz. Sizga albatta, yordam beraman. Buning uchun menga 19 ta tuxum olib kelib berasiz, — javob qaytardi folbin ayol.
Tuxumlarni nima qilasiz? Telefonga ularning qanday aloqasi bor?, hayron bo`lib so`radi O`g`iloy.
Buncha shoshilasiz, so`zimni oxirigacha tinglang, keyin tushunib olasiz. Tuxumlarni o`qib, so`ngra ko`mib qo`yamiz, shundan keyin telefonni olgan odamning o`zi olib kelib beradi, — tushuntirdi folbin.
Endi xotirjam uyingizga ketavering. Yaqin kunlarda telefoningiz qo`lingizda bo`ladi, — dedi folbin tuxumlarni olarkan.
Namuncha shoshasiz, ozgina sabr qiling. Siz oilangizni juda yaxshi ko`radigan insonga o`xshaysiz. Dadangizni ichkilikdan qaytarishim mumkin. Bundan tashqari singlingiz yomon yo`llarga kirib ketmoqda. Uni zudlik bilan bu yo`ldan qaytarish kerak, bo`lmasa oxiri yaxshilikka olib bormaydi, — paytdan foydalanib mijozining yuragiga g`ulg`ula soldi folbin.
Yaqinlarimni shu falokatlardan saqlab qolishim uchun nima qilishim kerak? — so`radi xavotirda O`g`iloy.
Har birini o`qiganim uchun 150.000 so`mdan xizmat xaqi to`laysiz, —javob berdi folbin. — Lekin sizga bundan ham jiddiyroq muammoni aytmadim, — jiddiy ohangda davom etdi u.
Yana qanday muammo, gapiring-chi, — O`g`iloy dahshatga tusha boshladi.
Chet davlatda ishlayotgan onangizni dushmanlaridan kimdir issiq-sovuq qilib o`qiyotganini aniqladim. Tezda buning oldini olish lozim. Keyin kech bo`lishi mumkin. Buning uchun 350 AQSh dollari berishingizga to`g`ri keladi, — deya gapida davom etdi folbin.
Shuncha pul sizga nega kerak? Xizmat haqiga juda ko`p emasmi? —butunlay dovdirab qoldi mijoz.
O`zimga emas, bu pullarning seriyasiga qarab o`qiyman. Mening uslubim shunaqa. 40 kundan so`ng pullaringizni qaytarib beraman. Menga birovning haqi kerakmas.
Bu so`zlarga ishongan ayol taklifni qabul qilib uni uyiga kiritishga rozilik beradi. Folbin ham o`z o`rnida va`dasini ustidan chiqib, mijozining xonadoniga borib, aytgan amallarini to`liq bajarib qaytib ketadi. Oradan bir oy o`tib folbin ayol Elenaga qo`ng`iroq qiladi:

Bu nayrangga laqqa tushgan ayol folbin so`ragan pullarni berib yuboradi. Turli xil yolg`onlar to`qib Elenadan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan folbin o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. U bu ishlari o`zi kutganidan ham yaxshi samara berayotganidan ruhlanib, o`z faoliyatini davom ettiradi.

O`limdan xalos bo`lishni istagan ikkinchi mijoz

2014 yil sentyabr oyida doimiy ish faoliyati bilan mashg`ul bo`lib turgan vaqtida uning huzuriga Gulmira ismli ayol tashrif buyuradi. Dastlab Gulmira o`zining dardini ayta boshlaydi:

Uning gaplarini diqqat bilan eshitib turgan folbin Lobar bir muddat jim turib, asta so`zlay boshladi:

U pullarni olish uchun mijozining uyiga boradi. O`z o`rnida mijozi ham bergan va`dasining ustidan chiqib, aytilgan pullarini berib yuboradi. Folbin ayol yana bir necha marta uni aldab, har xil nayranglarni ishga solib bo`lib-bo`lib jami 5.300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo`lga kiritadi. Va ushbu mablag`larni o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Navbat mahalladoshga

Bu bilan uning qing`ir ishlari yakunlanib qolmadi. Keyingi safar uning to`riga mahalladoshi O`g`iloy ismli ayol ilindi.

2016 yil iyun oyining boshlarida O`g`iloy mahallasidagi folbin uyiga tashrif buyuradi.

Muddaoni anglagach, mijoz folbin uchun tuxumlarni keltirishni aytdi va xursand kayfiyatda ketdi. Ertasi kuni esa so`zining ustidan chiqib aytilgan narsalarni keltirib berdi.

Oradan bir necha kun o`tib O`g`iloy yana folbinni yo`qlab keladi. Telefoni topilmaganini aytadi.

Folbin o`zi o`ylab topgan gaplari bilan bu ayoldan ham anchagina mablag`larni qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi. Uning bu qilmishlari uzoq cho`zilmadi. Va folbinning firibgarlik faoliyatiga qonun himoyachilari tomonidan chek qo`yildi. Endi u jinoyati uchun qonun oldida javob beradi.

Zoir KAMOLOV,

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar

Mirzo Ulug`bek tuman sudi sudyasi.

Zuhriddin RAHMONOV, jurnalist
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: