Главная » Yangiliklar » ​Toshkentda 11 ming dollar va 19 mln so`m pulni o`margan ikki nafar ayol qo`lga olindi
​Toshkentda 11 ming dollar va 19 mln so`m pulni o`margan ikki nafar ayol qo`lga olindi

​Toshkentda 11 ming dollar va 19 mln so`m pulni o`margan ikki nafar ayol qo`lga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkentda 11 ming dollar va 19 mln so`m pulni o`margan ikki nafar ayol qo`lga olindi
  • Дата релиза: 22-06-17, 12:17
​Toshkentda 11 ming dollar va 19 mln so`m pulni o`margan ikki nafar ayol qo`lga olindi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida noma`lum shaxs tomonidan amalga oshirilgan o`g`irlik jinoyati aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB xabar berilishicha, noma`lum shaxs tomonidan asli qashqadaryolik bo`lgan, hozirda vaqtincha Chilonzor tumanida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan B.Mning uyiga eshik qulfini kalit tanlash yo`li orqali ochib kirib, u erdan umumiy qiymati 17.000.000 so`mlik 7 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari va shu xonadonda mehmonda bo`lgan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1988 yilda tug`ilgan M.Lga tegishli ichida 2.000.000 so`m puli va 11.000 AQSh dollari bo`lgan sumkasini o`g`irlab ketgan.

Ichki ishlar organlarining tezkor ko`rgan choralari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ikki nafar ayol 1973 yilda tug`ilgan A.B va 1974 yilda tug`ilgan N.A sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda,O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: