Главная » Yangiliklar » ​Toshkentda 4 oy ichida 38 kishi avtohalokatlar qurboni bo`ldi
​Toshkentda 4 oy ichida 38 kishi avtohalokatlar qurboni bo`ldi

​Toshkentda 4 oy ichida 38 kishi avtohalokatlar qurboni bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkentda 4 oy ichida 38 kishi avtohalokatlar qurboni bo`ldi
  • Дата релиза: 18-05-17, 17:44
​Toshkentda 4 oy ichida 38 kishi avtohalokatlar qurboni bo`ldi
Toshkent shahrida 2017 yilning to`rt oyi ichida yuz bergan yo`l-transport hodisalarida 267 nafar piyoda turli darajadagi tan jarohatlarini olgan bo`lsa, 38 nafar piyoda halok bo`ldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasidan “Darakchi”ga xabar berishlaricha, mazkur statistikani 2016 yilning aynan shu davriga solishtiradigan bo`lsak, avtohalokatlarda jabrlanganlar soni 13,2 foizga, halok bo`lganlar soni esa 21,4 foizga oshgan.

YTHlarning 12,1 foizida bolalar jabrlangan( 3,2 foiz hollarda 1 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar, 8,9 foiz hollarda 8 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalar jabrlangan).

YTHlarda bolalarning jabrlanishi holatlari 18,3 foizgacha kamaygan.

Bundan tashqari, poytaxtda jamoat transportlari haydovchilari tomonidan piyodalarni urib yuborish bilan bog`liq 26 ta holat qayd etilgan. 6 ta vaziyatda esa piyodalarga taksilar jabr etkazgan.

Bir so`z bilan aytganda, Toshkentda yuz berayotgan YTHlarning 70 foizi piyodalar ishtirokida yuz beradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: