Главная » Yangiliklar » ​Toshkentda bir yil ichida 450.000.000 co`m topgan firibgar qo`lga olindi
​Toshkentda bir yil ichida 450.000.000 co`m topgan firibgar qo`lga olindi

​Toshkentda bir yil ichida 450.000.000 co`m topgan firibgar qo`lga olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkentda bir yil ichida 450.000.000 co`m topgan firibgar qo`lga olindi
  • Дата релиза: 04-07-17, 14:30
​Toshkentda bir yil ichida 450.000.000 co`m topgan firibgar qo`lga olindi
2016 yil noyabr oyidan 2017 yil aprel oyiga qadar vaqt oralig`ida Azizov Mirmuxammadoxun Mirmuxammadyaxyo o`g`li, Mirobod tumani hududida, fuqaro Davronov G`ayratjon Axmedovichning ishonchiga kirib, unga Italiya davlatidan parfyumeriya buyumlarini keltirib berishini va`da qilib, 25.000 AQSh dollari hamda 450.000.000 so`m miqdoridagi pullarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya`ni o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: