Главная » Yangiliklar » Toshkentda bir yilda 53 mashinani aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi
Toshkentda bir yilda 53 mashinani aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi

Toshkentda bir yilda 53 mashinani aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda bir yilda 53 mashinani aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi
  • Дата релиза: 01-06-17, 11:50
Toshkentda bir yilda 53 mashinani aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar ushlandi
Toshkentda bir yilda 53 mashinani aldov yo‘li bilan egalaridan olib, boshqalarga sotib yuborgan qallob qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.

2016-yilning 30-may kuni Otabek Ahrorbekovich Mamirbekov Sergeli tumani hududida fuqaro Mehroj Mahmudovning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Lacetti avtoulovini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, keyinchalik Sherzod Shorahmedovga avtoulovni 9 ming dollarga sotib yuborgan va olgan pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Mamirbekovga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida Mamirbekov 2016-yil mart oyidan 2016-yil iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida firibgarlik yo‘li bilan 53 nafar fuqarolarga tegishli bo‘lgan avtoulovlarni qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: