Главная » Yangiliklar » Toshkentda Huawei P10 Plus smartfoni sotuvga chiqdi
Toshkentda Huawei P10 Plus smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda Huawei P10 Plus smartfoni sotuvga chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda Huawei P10 Plus smartfoni sotuvga chiqdi
  • Дата релиза: 08-06-17, 10:33
Toshkentda Huawei P10 Plus smartfoni sotuvga chiqdi
O‘zbekistonda Xitoyning Huawei P10 Plus smartfoni sotuvga chiqdi. Smartfon o‘zining 6,98 millimetrli ingichka korpusi va ekranning old qismidagi barmoq izi skaneri bilan maqtanishi mumkin, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Huawei P10 Plus’ga 8 yadroli, bir kristalli HiSilicon Kirin 960 tizimi hamda qo‘shimcha 4 Gb tezkor xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, 64 gigabayt ichki xotiraga ega. Bundan tashqari P10 Plus’ning 6 Gb tezkor xotira hamda 128 Gb ichki xotiraga ega versiyasi ham mavjud. Smartfon 4,5G LTE ega bo‘lib, ma’lumotlarni 600 Mbit/soniya tezlikda yuklab olishi mumkin.

Katta o‘lcham hamda piksellarining soni ortgani sabab energiya sarfi ham ortgan. Shu sababli unga 3750 mA/soat hajmli akkumulyator o‘rnatilgan.

Huawei P10 kamerasi Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.

Poytaxt savdo markazlarida Huawei P10 Plus’ning 4 Gb tezkor xotira hamda 64 Gb ichki xotiraga ega versiyasi 5,8 million so‘mdan sotilmoqda.

Huawei P10 Plus smartfonining texnik tavsifi:

Ekran: 5,5 dyuymli IPS va 2560×1440 piksel;
Protsessor: sakkiz yadroli Huawei Kirin 960;
Grafik tezlashtirgich: Mali-G71 MP8;
Operatsion tizim: Android 7.0 + EMUI 5.1;
Tezkor xotira: 4 Gb;
Ichki xotira: 64 Gb;
SIM: nano-SIM + nano-SIM
Interfeysi: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2,4/5 ГГц), Wi-Fi Direct, Bluetooth 4.2 LE, NFC, USB Type-C
Navigatsiyasi: GPS, GLONASS, Galileo, Beidou
Kamera: asosiy — monoxrom 20 Mp va RGB 12 Mp, frontal kamerasi 8 megapikselga teng;
Akkumulyator: 3750 mA/soat;
O‘lchamlari: 153,5 x 74,2 x 6,98 millimetr;
Og‘irligi: 165 gramm.
Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Parvona.com” sayti kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: