Главная » Yangiliklar » ​Toshkentda II Jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar topshirildi
​Toshkentda II Jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar topshirildi

​Toshkentda II Jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar topshirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkentda II Jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar topshirildi
  • Дата релиза: 18-04-17, 22:08
​Toshkentda II Jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoevning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi Farmoni yurtimizda keksa avlod vakillariga ko`rsatilayotgan yuksak hurmat va e`tiborning yorqin ifodasi bo`ldi.

Farmonda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarini rag`batlantirish maqsadida “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan engil avtomobillarni bir martalik navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish hamda xarid qilingan avtomobillarga birinchi va ikkinchi texnik xizmatni bepul ko`rsatish bo`yicha muddatli imtiyozlar berish belgilangan.

Bir necha kun avval Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 300 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari bo`lgan faxriylarga engil avtomobillarni imtiyozli xarid qilishga oid sertifikatlar tantanali ravishda topshirilgan edi.

Shu kunlarda Prezident Farmoniga asosan O`zbekistonda ishlab chiqarilgan engil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda.

Jumladan, 2017 yil 17 aprelda mehnat va urush faxriylari - Uchtepa tumani, Beshqayrog`och ko`chasi, 55/1 uyda istiqomat qilib kelayotgan 94 yoshli Hikmat ota Ubaydullaevga “Damas”, Shayxontohur tumani, Ulug`bek ko`chasi, 65 uyda istiqomat qiluvchi 98 yoshli Kamol ota Turopovga “Lasseti”, 2017 yil 18 aprelda Yakkasaroy tumani, H.Sulaymonov ko`chasi, 1a uyda istiqomat qiluvchi 92 yoshli Nazar Stepanovich Nazaryanga “Lasseti”, Shayxontohur tumani,M.Qoriyoqubov 2-tor ko`chasi, 3 uyda istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abduvohid ota To`laganovga “Damas” rusumli engil avtomobillar tantanali ravishda topshirildi.

- Og`ir janglar boshimdan o`tdi. Urushga borganimda o`n olti yoshda edim. O`smirligim urushda o`tdi, - dedi biz suhbatda imtiyozli ravishda “Lasseti” rusumli engil avtomobilga sazovar bo`lgan yakkasaroylik Nazar Stepanovich Nazaryan,- 1-Belorussiya frontida desant qismida bo`lganman. O`sha davrdagi dahshatli kunlarni eslasam hali ham larzaga kelaman. Shunday zamonlarga etkazganingga shukr deyman. Farzandlarimiz omon bo`lsin. Tinchlik qadriga borish kerak, uni avaylab asrash kerak. Davlatimdan ming-ming roziman.

Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari bo`lgan faxriylarga imtiyozli engil avtomobillar topshirish marosimida Toshkent shahar hokimining o`rinbosarlari, tuman hokimlari, “Nuroniy” jamg`armasining Toshkent shahar Kengashi va “Mahalla” xaryiya jamoat fondi Toshkent shahar bo`limi rahbarlari, “Kamolot” YoIH etakchilari hamda mahalla raislari ishtirok etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: