Главная » Yangiliklar » Toshkentda issiq suv narxi oshadi
Toshkentda issiq suv narxi oshadi

Toshkentda issiq suv narxi oshadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda issiq suv narxi oshadi
  • Дата релиза: 27-11-18, 22:00
Toshkentda issiq suv narxi oshadi
"Toshissiqquvvati" DUK axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2018 yilning 8 dekabridan Toshkent shahrida "energiya tashuvchilar va materiallar narxi oshishi" munosabati bilan markaziy isitish tizimi va issiq suv ta`minoti tariflari oshiriladi.

Unga ko`ra,

• aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1610,99 so`mgacha oshiriladi;

• issiq suv ta`minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 18609,24 so`mni tashkil etadi, hisob uskunasi bo`lganda issiq suv ta`minoti kubometriga 4765,20 so`mga teng bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, bunga qadar poytaxt aholisi hisoblagich bo`lgan holatda issiq suvning bir kubometri uchun 4332 so`m to`layotgan edi. Hisoblagich mavjud bo`lmaganda oyiga kishi boshiga 16 917,49 so`m to`langan.

Shuningdek, markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri uchun 1464,53 so`m to`lanayotgandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: