Главная » Yangiliklar » Toshkentda o`tgan haftada eng ko`p qoida buzgan haydovchilar ro`yxati e`lon qilindi
Toshkentda o`tgan haftada eng ko`p qoida buzgan haydovchilar ro`yxati e`lon qilindi

Toshkentda o`tgan haftada eng ko`p qoida buzgan haydovchilar ro`yxati e`lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda o`tgan haftada eng ko`p qoida buzgan haydovchilar ro`yxati e`lon qilindi
  • Дата релиза: 15-05-17, 21:14
Toshkentda o`tgan haftada eng ko`p qoida buzgan haydovchilar ro`yxati e`lon qilindi
Toshkent shahar IIBB tomonidan 6-13 may davrida eng ko`p qoidabuzgan haydovchilar reytingi e`lon qilindi.

«Reyting»da poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan «Gold Air Travel» mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli « Malibu» rusumli, davlat raqam belgisi 01 216 WDA bo`lgan transport vositasi haydovchisi «G`OLIB» deb topildi.

U o`z boshqaruvidagi avtomashinada ko`p emas, oz emas – jami 17 marotaba yo`l harakati qoidalarini buzishga «jazm» etdi. Ushbu qoidabuzarliklarning 16 tasi belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo`ysunmaslik, 1 tasi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish holatlaridir. Tabiiyki, qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori ham «salmoqli» bo`ldi – 8 million 87 ming 850 so`m!

Ikkinchi o`rinni Yunusobod tumanidagi «Bilol Myagkaya krovlya» korxonasiga tegishli «Lasetti» rusumli (davlat raqam belgisi 01 305 YDA) avtomashina haydovchisi «egalladi». U qoidabuzarliklari tufayli 13 marta kuzatuv kameralariga «tushgan».

Jumladan, manzilga judayam oshiqqan, shekilli, 11 marta tezlikni belgilangan me`yordan oshirgan, 2 marta svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo`ysunishni «xohlamagan». Umumiy jarima miqdori esa 2 million 845 ming 725 so`mni tashkil etgan.

Toshkent shahar hokimligining Ma`muriy binolardan foydalanish direksiyasiga tegishli «Epika» rusumli avtoulov haydovchisiga ham sovrinli o`rin «nasib» etdi. Haydovchi davlat raqam belgisi 01 206 TVA bo`lgan mazkur transport vositasini boshqarayotib, «bor-yo`g`i» 12 marotaba yo`l harakati qoidalarini buzdi va shubhasiz videokameralar «nigohi»dan chetda qolmadi. Aytgancha, «Epika» haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasini xush ko`rmaydi-yov. Aks holda, chorrahalarda 7 marta «qizil»da o`tmasdi. Uchinchi o`rin «sohibi» endi qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun 2 million 845 ming 725 so`m miqdorida jarima to`laydi.

Olmazor tumanidagi «Orange taxi» mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli «Neksiya» rusumli (davlat raqam belgisi 01 270 TTS) avtomobil haydovchisi «reyting»ning keyingi o`rnini «band» etdi. Negaki, «ko`rsatkichlari» yomon emas – u kuzatuv kameralari ishga tushganidan buyon 11 marta qoidabuzarliklarni sodir etgan. Yuqoridagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori – 2 million 96 ming 850 so`mni tashkil etdi.

Va, nihoyat, so`nggi – Beshinchi o`rin «sohibi» bilan tanishing. Sergeli tumanida joylashgan mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Global Building Machinery» korxonasining «Malibu» rusumli (davlat raqam belgisi 01 077 VDA) avtomashinasi haydovchisi 9 marta kuzatuv kameralariga «suratga tushish» bilan ana shunday sharafga «muyassar» bo`ldi. U shundan 8 marta belgilangan tezlik talablariga amal qilmagan. Bir holatda esa svetaforning qizil chirog`ini «ko`rmay qolgan». Unga 2 million 695 ming 950 so`mlik jarima solingan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: