Главная » Yangiliklar » Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan ikki yigit 18—21 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan ikki yigit 18—21 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan ikki yigit 18—21 yilga ozodlikdan mahrum etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan ikki yigit 18—21 yilga ozodlikdan mahrum etildi
  • Дата релиза: 30-06-14, 00:56
Toshkentda o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan ikki yigit 18—21 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Toshkentda niqob kiyib, qo‘lida o‘yinchoq to‘pponcha bilan bosqinchilik qilgan ikki yigit uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar beradi “Kun” “Huquq” gazetasi ma’lumotiga asoslanib.

Ma’lum bo‘lishicha, gumon qilinayotgan yigitlar niqob kiyib, qo‘lga o‘yinchoq to‘pponchani olib, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hovlilardan biriga bostirib kirgan.

Bosqinchilar xonadon egalarining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab ularni kaltaklashgan va uydan katta miqdordagi mulkni o‘g‘irlab ketgan.

Bosqinchilar 25—26 yosh atrofida bo‘lib, ular bungacha ham uch marta sudlangan bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi ularni mos ravishda 18 va 21 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqargan.
Логин:
Пароль: