Главная » Yangiliklar » ​TOShKENTDA OLIB BORILAYoTGAN BUNYoDKORLIK IShLARI MUHOKAMA ETILDI
​TOShKENTDA OLIB BORILAYoTGAN BUNYoDKORLIK IShLARI MUHOKAMA ETILDI

​TOShKENTDA OLIB BORILAYoTGAN BUNYoDKORLIK IShLARI MUHOKAMA ETILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​TOShKENTDA OLIB BORILAYoTGAN BUNYoDKORLIK IShLARI MUHOKAMA ETILDI
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:22
​TOShKENTDA OLIB BORILAYoTGAN BUNYoDKORLIK IShLARI MUHOKAMA ETILDI
Toshkent shahar hokimligida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Arxitektura va shahar qurilishi boshqarmasi hamda Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda poytaxtimizda olib borilayotgan keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari tilga olinar ekan, aholi uchun zamonaviy turar joylarni barpo etish, ularni mustahkam va shahar infratuzulmasiga to`la mos keladigan shaklda qurib bitkazish kabi bir qator masalalar haqida so`z bordi.

Jumladan Sergeli tumanida bunyod etilayotgan metro yo`lini qurish o`ta murakkab jarayon ekanligi va qurilishda foydalanilayotgan texnika turlariga alohida e`tibor qaratilayotgani aytib o`tildi. Bundan tashqari geologiya masalalari ham alohida e`tiborga olinishi bu boradagi ishlarning puxta reja asosida tashkil etilayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan ko`chmas mulk ob`ektlarini xatlovdan o`tkazib ularga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish to`g`risida aytib o`tildi. Toshkent shahar Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi O`zbekitson Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Er kodeksi, Kadastr to`g`risidagi qonun va bir qator qonun hujjatlarga asosan ko`chmas mulk ob`ektining kadastr xujjatlarini shakllantirib ularga bo`lgan xuquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishni amalga oshirib kelmoqda.

Shu bilan birga Kadastr boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlarini ko`rsatishda 2013 yildan boshlab “Odnookno.uz” sayti yaratilgan bo`lib, ushbu sayt orqali 13 xil turdagi davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun murojaatlar qabul qilinadi. 2017 yil davomida ushbu sayt orqali 1045 ta murojaatlar qabul qilinib o`z muddatida bajarilgan.

Shuningdek, boshqarmada amalga oshirilgan ishlar, ko`rilayotgan chora-tadbirlar va o`zgarishlar Kadastr.uz hamda Odnookno.uz veb-sahifalari orqali muntazam ravishda yoritib borilmoqda.

Joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilinganligi munosabati bilan boshqarma binosida va tumanlardagi “Fuqarolar qabulxonalari”da yil boshidan 881 ta fuqarolar qabul qilingan, boshqarma va korxona rahbarlarining shaxsiy qabullari (payshanba va shanba soat 14-00 dan 17-00 gacha) va “Sayyor qabullar” tashkil etilgan. Boshqarmaning “Ishonch telefoni” 239-35-21 muntazam ishlab turadi. Boshqarma boshlig`ining virtual qabulxonasi (qabul.kadastr.uz) 2017 yil 8 yanvardan ishga tushirilgan bo`lib, jami 239 ta murojaatlar kelib tushgan.

Xatlov ishlari, birinchi navbatda jismoniy shaxslarga tegishli yakka tartibdagi turar joy va noturar joy ob`ektlariga qaratilgan bo`lib, xatlov natijasida aniqlangan o`zgarishlar oqibatida, shahar soliq solish bazasi o`rtacha 112 mlrd. so`mga ko`paygani haqida qisqacha ma`lumot berib o`tildi.

Tadbir so`nggida jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: