Главная » Yangiliklar » Toshkentda sirpanchiq yo`lda harakatlangan yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi
Toshkentda sirpanchiq yo`lda harakatlangan yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi

Toshkentda sirpanchiq yo`lda harakatlangan yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda sirpanchiq yo`lda harakatlangan yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi
  • Дата релиза: 06-02-17, 23:19
Toshkentda sirpanchiq yo`lda harakatlangan yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi
Toshkentning Yashnobod tumanida 6 fevral, dushanba kuni 49-yo`nalish (TTZ—metroning “Do`stlik” bekati) bo`yicha harakatlanatayotgan Isuzu rusumli yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Aviasozlar ko`chasida harakatlanayotgan yo`lovchi avtobus g`ildiragi ariqqa tushib ketib, yonboshiga ag`darildi. Avariya fotosi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan tarmoqqa joylashtirildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasida hech kim jabrlanmadi. Yuz bergan holatga yo`lning muzlab qolgani sabab bo`lgan.
Логин:
Пароль: