Главная » Yangiliklar » Toshkentda Sony Xperia M5 smartfoni 2,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
Toshkentda Sony Xperia M5 smartfoni 2,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Sony Xperia M5 smartfoni 2,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda Sony Xperia M5 smartfoni 2,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
  • Дата релиза: 24-02-16, 22:50
Toshkentda Sony Xperia M5 smartfoni 2,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
O‘zbekistonda Sony kompaniyasining yangi smartfoni — Xperia M5 sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Xperia lineykasidagi boshqa modellar kabi, M5 chang va namlikdan himoya, shuningdek, tez ishga tushish funksiyasi bo‘lgan kuchli kameraga ega bo‘ldi. Telefon dizayni kompaniyaning so‘nggi flagman modellari ruhida yaratilgan. M5 5 dyuym va 1920×1080 pikselli IPS-displey, 64 bitli sakkiz yadroli MediaTek Helio X10 protsessori, 3 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira (+microSD), 21,5 megapikselli asosiy va 13 megapikselli old kamera, 2600 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Smartfon Android 5.0 operatsion tizimida ishlaydi. Qurilmaning o‘lchamlari 145×72×7,6 mm, og‘irligi 13 grammga teng. Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida bir yo‘la ikkita SIM-kartada ishlay oladigan Sony Xperia M5 2,5 million so‘mdan sotilmoqda. Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Логин:
Пароль: