Главная » Yangiliklar » Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar o`rnini ko`pqavatli avtoturargohlar egallaydi
Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar o`rnini ko`pqavatli avtoturargohlar egallaydi

Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar o`rnini ko`pqavatli avtoturargohlar egallaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar o`rnini ko`pqavatli avtoturargohlar egallaydi
  • Дата релиза: 15-04-17, 20:49
Toshkentda talabga javob bermaydigan garajlar o`rnini ko`pqavatli avtoturargohlar egallaydi
Bugun Toshkent shahar hokimiyatida poytaxt hududida avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi.

Brifingda Toshkent shahar hokimining poytaxt tumanlari hududida avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risidagi Qarori regulation.gov.uz portaliga muhokamaga qo`yilgani ma`lum qilindi.

Hokimning Qarori mahalla fuqarolariga sharoit yaratish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tirbandliklarni oldini olish, mavzelar kesimida “Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasi asosida qurilish va keng ko`lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek shaharsozlik qoidalari va sanitar normalari talablariga javob bermaydigan avtomototransport vositalarini saqlash qurilmalarini buzilishi hisobiga ko`p qavatli avtomototransport vositalarini saqlash joylarini qurish maqsadida qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

Shahar arxitektori Sa`dulla Muxtorxo`jaevning ma`lum qilishicha, Toshkent shahridagi oddiy garajlar o`rnini 2020 yilgacha 2-3 va 6 qavatli avtoturargohlar egallaydi.

Toshkent shahar hokimining ushbu Qarori yuzasidan har bir istagan fuqaro o`z taklif va mulohazalarini quyidagi havola orqali qoldirishi mumkin.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun tadbirkorlar taklif qilinmoqda.

Ma`lumot berilishicha, ko`p qavvatli avtoturargohlar qurish imkoniyati bo`lmagan joylarda ochiq avtoturargohlar quriladi va ular ko`pqavatlilardan farqli ravishda bepul bo`ladi.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining ma`lumotlariga ko`ra, Toshkent shahrida 2014 yil 31 dekabr holatiga avtomototransport vositalari soni 353.912 tani tashkil qilganini, 2017 yil 1 mart holatiga 420.105tani tashkil qilib, 66.193taga ko`paygan. Shu sababli, mavzelar va mahallalarda avtomototransport vositalarini tunash bilan bog`liq jinoyatlar soni ortib borayotganligi, shuningdek shaharda jami 142ta to`yxonalar va 57ta supermarketlar (gipermarketlar) faoliyat yuritib kelib, ularning ba`zilarida avtomototransport vositalarini saqlash joylari mijozlar avtomototransport vositalari soniga etarli miqdorda tashkil etilmaganligi oqibatida tirbandliklar vujudga kelib, fuqarolarga noqulayliklar tug`dirmoqda.

Mazkur Qaror muhokamasi 2017 yilning 14 dan 29 aprelgacha muhokama qilinadi.

Toshkent shahrining tumanlari hududida shaharsozlik qoidalari va sanitar normalari talablariga javob bermaydigan avtomototransport vositalarini saqlash qurilmalarini buzilishi hisobiga ko`p qavatli avtomototransport vositalarini saqlash joylarini qurish to`g`risidagi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va “Mahalla” hayriya jamg`arma fondi Toshkent shahar bo`limining takliflari ma`qullandi.

Qarorga ko`ra, shaharsozlik qoidalari va sanitar normalari talablariga javob bermaydigan avtomototransport vositalarini saqlash qurilmalarini o`rganish va aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha ilovaga muvofiq ishchi guruhini tuzish namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

Tuman hokimliklari, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (S.Muxtarxodjaev), Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G`.Rasulov), Toshkent shahar IIBB (B.Kurbanov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo`limi (A.G`ulomov) bilan hamkorlikda:

ko`p qavatli avtomototransport vositalarini saqlash joylarini qurish ixtiyorini bildirgan tadbikorlik sub`ektlarini murojaati va loyihalarini inobatga olib, ular tomonidan taklif etilayotgan loyihani amalga oshirish hududidagi shaharsozlik qoidalari va sanitar normalari talablariga javob bermaydigan avtomototransport vositalarini saqlash qurilmalarini o`rganish va aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha ilovaga muvofiq ishchi guruhlari tuziladi.

Ishchi guruhlarga tumanlar hududida joylashgan avtomototransport saqlash qurilmalarini bosqichma-bosqich oldirib, shaharsozlik normalari va qoidalariga javob beradigan birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko`rsatish majmuasi bo`lgan ko`p qavatli avtomototransport vositalarini saqlash joylarini qurish uchun takliflar kiritish profilaktika inspektorlari va barcha tuman hokimiyatlari qoshidagi garajlarni ro`yhatga olish unitar korxonalari rahbarlari bilan birgalikda ishchi gurh a`zolariga biriktirilgan turar joy mavzelari va mahallalarda avtomototransport vositalarini saqlash joylarini monitoringini o`tkazib, qonun buzilish holatlarini aniqlab, bartaraf etish vazifalari yuklanadi.

2017 yilning 31 dekabr kuniga qadar yo`llardagi tirbandliklarni bartaraf etish, aholiga xizmat ko`rsatishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida, tumanlar hududlarida joylashgan savdo majmualari (supermarket, gipermarket) va to`yxonalar yon atrofidagi hududlarda avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tashkil qilish bo`yicha o`rnatilgan tartibda tegishli choralari ko`riladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining o`rinbosarlari B.Raxmonov, Sh.Abrarov va tuman hokimlari zimmalariga yuklatildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: