Главная » Yangiliklar » Toshkentda to`xtashni taqiqlovchi yo`l belgilari olib tashlanmoqda
Toshkentda to`xtashni taqiqlovchi yo`l belgilari olib tashlanmoqda

Toshkentda to`xtashni taqiqlovchi yo`l belgilari olib tashlanmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda to`xtashni taqiqlovchi yo`l belgilari olib tashlanmoqda
  • Дата релиза: 25-02-18, 14:52
Toshkentda to`xtashni taqiqlovchi yo`l belgilari olib tashlanmoqda
Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi shahar ko`cha va yo`llaridagi to`xtashni taqiqlovchi yo`l belgilarini olib tashlashni boshladi.

Boshqarma xodimlari yo`l belgilarini xatlovdan o`tkazish jarayonida o`z ahamiyatini yo`qotgan "To`xtash taqiqlangan" yo`l belgilarini olib tashlab, "To`xtab turish taqiqlangan" yo`l belgilariga almashtirmoqda.

"Xatlov jarayonida yo`l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko`rinish darajasiga, shuningdek ularning ko`cha va yo`llar belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e`tibor qaratilmoqda. Ushbu yo`nalishda ko`rilayotgan choralar yo`l harakati ishtirokchilariga qo`shimcha qulayliklar va yo`lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini yaratadi", — deya qayd etdi IIBB matbuot xizmati.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: