Главная » Yangiliklar » Toshkentda yana bir kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklab o`ldirildi
Toshkentda yana bir kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklab o`ldirildi

Toshkentda yana bir kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklab o`ldirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda yana bir kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklab o`ldirildi
  • Дата релиза: 01-07-17, 19:35
Toshkentda yana bir kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklab o`ldirildi
Toshkentdagi birinchi yuridik kollejning bitiruvchisi Akmal Abdurahmonov 28 iyun, chorshanba kuni kechqurun Yunusobod tumanidagi Qoshg`ar massivi (S-4) hududida o`z tengdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, yigitning o`limi haqidagi xabarlar Facebook ijtimoiy tarmog`ida tarqalgan. Voqea guvohlarining yozishicha janjallashayotgan yigitlarni darhol ajratishgan. Ichki ishlar va tez yordam xodimlari darhol etib kelgan. Biroq Akmalning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo`linmagan.

Toshkent shahar IIBBning aniqlik kiritishicha, dastlab Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Biroq Akmalning o`limidan so`ng Respublika neyrojarrohlik ilmiy markazida ish 104-moddaning 3-qismiga (jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`luvchi qasddan badanga og`ir shikast etkazish) o`zgartirilgan.

Toshkent shahar IIBBning «Gazeta.uz»ga ma`lum qilishicha, Yunusobod tuman IIBning tergov-tezkor guruhi bu ish bo`yicha surishtiruv olib bormoqda. Tergov siri va guvohlarning xavfsizligi yuzasidan gumonlanuvchilarning ismlari va soni hozircha ma`lum qilinmaydi.

Facebook’da tarqalgan xabarlarga ko`ra, Akmal mehribon, faol, quvnoq va ko`ngilchan bo`lgan: «Itlarni, ayniqsa, «pitbul» zotini yaxshi ko`rgan, yosh bolalarni yoqtirgan. Do`stlarini himoya qilgan va hech qachon og`ir vaziyatda tashlab ketmagan. Buvilariga yordam bergan va ularning sevimlisi bo`lgan. Sport bilan shug`ullangan, baquvvat va baland bo`yli bo`lgan. U yaqinlarining faxri bo`lgan».

Eslatib o`tamiz, ayni vaqtda xuddi shunday holat bo`yicha Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining o`quvchisi Jasur Ibrohimov o`limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: