Главная » Yangiliklar » ​TOShKENTDA YTH OQIBATIDA "NEKSIYa" HAYDOVChISI VAFOT ETDI
​TOShKENTDA YTH OQIBATIDA

​TOShKENTDA YTH OQIBATIDA "NEKSIYa" HAYDOVChISI VAFOT ETDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​TOShKENTDA YTH OQIBATIDA "NEKSIYa" HAYDOVChISI VAFOT ETDI
  • Дата релиза: 11-11-17, 18:33
​TOShKENTDA YTH OQIBATIDA "NEKSIYa" HAYDOVChISI VAFOT ETDI
TOShKENTDA YTH OQIBATIDA "NEKSIYa" HAYDOVChISI VAFOT ETDI

Poytaxtning Olmazor tumanida “Neksiya” va “Spark” avtomashinalari to`qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, deb xabar beradi IIBB rasmiy sayti uz24 axborot saytiga.

YTH 7 noyabr kuni tungi soat 03:30 larda tumanning Shifonur va Qora-qamish ko`chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Haydovchi – 1968 yilda tug`ilgan erkak kishi hushyor holatda “Neksiya”ni boshqarib ketayotib, mast holatdagi haydovchi – 1991 yilda tug`ilgan erkak kishi boshqaruvidagi “Spark” bilan to`qnashuv sodir etgan.

Mazkur to`qnashuv natijasida “Neksiya” haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o`lishiga sabab bo`lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: