Главная » Yangiliklar » Toshkentdagi “Chorsu” bozori yaqinida 89-avtobus yonib ketdi
Toshkentdagi “Chorsu” bozori yaqinida 89-avtobus yonib ketdi

Toshkentdagi “Chorsu” bozori yaqinida 89-avtobus yonib ketdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentdagi “Chorsu” bozori yaqinida 89-avtobus yonib ketdi
  • Дата релиза: 25-06-14, 22:46
Toshkentdagi “Chorsu” bozori yaqinida 89-avtobus yonib ketdi
Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasidagi “Chorsu” bekatida Mercedes Benz Connecto Low Floor markasidagi 89-raqamli avtobus yonib ketdi. Bu haqda Uz24.uz xabar berdi.

Yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va maxsus xizmat xodimlari yetib keldi. Halokat natijasida hech kimga zarar yetmagan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

89-avtobus Qorasuv-1 dahasidan “Chorsu” savdo markazi yo‘nalishida qatnaydi.

Ushbu rusumdagi shahar avtobuslarining yonib ketish hodisasi avval ham kuzatilgan. Chunonchi, 5-may kuni Toshkent temir yo‘l vokzali yaqinida Qo‘yliq-2 — Boshliq yo‘nalishida qatnovchi 12-raqamli avtobus yonib ketgan edi.
Логин:
Пароль: