Главная » Yangiliklar » TOShKENTDAGI KOLLEJ VA LISEYLAR YoPILAYoTGANI HAQIDAGI XABARLAR RAD ETILDI
TOShKENTDAGI KOLLEJ VA LISEYLAR YoPILAYoTGANI HAQIDAGI XABARLAR RAD ETILDI

TOShKENTDAGI KOLLEJ VA LISEYLAR YoPILAYoTGANI HAQIDAGI XABARLAR RAD ETILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: TOShKENTDAGI KOLLEJ VA LISEYLAR YoPILAYoTGANI HAQIDAGI XABARLAR RAD ETILDI
  • Дата релиза: 12-07-17, 15:51
TOShKENTDAGI KOLLEJ VA LISEYLAR YoPILAYoTGANI HAQIDAGI XABARLAR RAD ETILDI
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi Toshkentdagi bir qator kollej va liseylar yopilmayotgani haqida raddiya berdi. Markaz bo`lim boshlig`i Otajon Omonov tomonidan taqdim etilgan raddiyada xususan shunday deyiladi:

“Oliy va o`rta maxsus, ta`lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi internet nashrlarda “10–11-sinflarning ochilishi munosabati bilan Toshkentda 26 ta kasb-hunar kolleji va akademik lisey yopiladi”, degan xabarni huquqiy asosga ega emasligi munosabati bilan rasman rad etadi.

Saytda qayd etilgan “yopiladigan kollej va liseylar ro`yxati” ham aniq manbaga asoslanmagan holda noto`g`ri chop etilgan.

O`z navbatida, aytish lozimki, ayni paytda Respublikadagi barcha akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish davom etmoqda.”

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ko`rsatmasiga muvofiq 2017-2018 o`quv yilida ota-onalarning istak va xohishlariga ko`ra tajriba-sinov tariqasida umumta`lim maktablarida 10-sinfda o`qishni davom ettirishga imkon berildi.

Ayni paytda Respublikadagi barcha akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga 9-sinf o`quvchilarining hujjatlarini qabul qilish davom etmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: