Главная » Yangiliklar » TOShKENTDAGI UYIMGA QIZIMNI PROPISKAGA QO`YSAM BO`LADIMI?
TOShKENTDAGI UYIMGA QIZIMNI PROPISKAGA QO`YSAM BO`LADIMI?

TOShKENTDAGI UYIMGA QIZIMNI PROPISKAGA QO`YSAM BO`LADIMI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: TOShKENTDAGI UYIMGA QIZIMNI PROPISKAGA QO`YSAM BO`LADIMI?
  • Дата релиза: 18-08-17, 20:35
TOShKENTDAGI UYIMGA QIZIMNI PROPISKAGA QO`YSAM BO`LADIMI?
"Qizim hozirda talaba, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida doimiy ro`yxatga olingan. 4 yildan buyon Toshkent shahri, M.Ulug`bek tumani, Buyuk Ipak yo`li ko`chasi, 421-uy, 41-xonadonda yashayman. Bu uy mening nomimda. Men shu uyga qizimni propiskaga qo`ysam bo`ladimi? Mirzo Ulug`bek tuman IIBga murojaat qilsak, propiskaga qo`yilishga ruxsat beruvchi buyruqnoma kelmagan, deyishdi. Buyruqnoma qachon keladi?"

Mayram Hakimova, Toshkent shahri

Badriddin ShORIXSIEV, IIV Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylishtirish boshqarmasi boshlig`i:

Ma`lum qilamizki, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo`yish O`zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrdagi "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar - O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida"gi Qonuni va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar - O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 41-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 41-sonli Qarorida ushbu qonun bilan tasdiqlangan ro`yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilinmasliklari belgilab qo`yilgan.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar - O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati 2-bandida belgilanganishicha, qarindoshlar — o`zlarining to`g`ri shajara bo`yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga qilinishi mumkin.

Agarda, M Hakimova ushbu Qonundan oldin Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan bo`lsa, ushbu fuqaroning qizi Ro`yxatning 2-bandiga muvofiq, Toshkent shahrida doimiy propiskada turish uchun, yashab turgan manzilidagi tuman IIBning Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limiga murojaat qilishi maqsdaga muvofiq.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: