Главная » Yangiliklar » Toshkentdagi YTHda 2 yoshli qizaloq halok bo‘ldi
Toshkentdagi YTHda 2 yoshli qizaloq halok bo‘ldi

Toshkentdagi YTHda 2 yoshli qizaloq halok bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentdagi YTHda 2 yoshli qizaloq halok bo‘ldi
  • Дата релиза: 13-05-17, 23:48
Toshkentdagi YTHda 2 yoshli qizaloq halok bo‘ldi
12-may kuni soat 18:30 da poytaxtning Shayxontohur tumanida, Shofayz ko‘chasining 43-uyi to‘g‘risida qo‘rqinchli YTH ro‘y berdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

1968-yili tug‘ilgan fuqaroning boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili mashinasini ko‘tarilishda qoldirib, do‘konga kirib ketgan. Mashina salonida uning 2015 va 2014-yillarda tug‘ilgan ikki qiz nabirasi qolgan. 2015-yili tug‘ilgan qizaloq avtomobildan chiqib, transport vositasining orqasida o‘ynay boshlagan. Shu paytda mashina ichida qolgan 2014-yili tug‘ilgan ikkinchi qiz qo‘l tormozini tushirgan, buning oqibatida avtomobil orqaga yurib, kichkina qizni bosib ketgan.

Qiz 1-raqamli shahar klinik shifoxonasiga yetkazilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni ro‘y bergan yana bir YTHda 59 yoshli erkak halok bo‘lgan edi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: