Главная » Yangiliklar » Toshkentga Jan-Klod Van Dammning kelishiga doir xabarlariga oydinlik kiritildi
Toshkentga Jan-Klod Van Dammning kelishiga doir xabarlariga oydinlik kiritildi

Toshkentga Jan-Klod Van Dammning kelishiga doir xabarlariga oydinlik kiritildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentga Jan-Klod Van Dammning kelishiga doir xabarlariga oydinlik kiritildi
  • Дата релиза: 05-07-17, 23:05
Toshkentga Jan-Klod Van Dammning kelishiga doir xabarlariga oydinlik kiritildi
Kuni kecha O`zbekiston penchak silak sporti tarixida ilk bor Toshkentda professional Mixed Silat bo`yicha xalkaro turnir o`tkazilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Tadbir tashkilotchilari mazkur tadbirga Gollivud yulduzi Jan Klod Van Damm, aralash qoidalar bo`yicha afsonaviy sportchi Fedor Emelyanenko, Jeff Monson va boshka jahon yulduzlari tashrif buyurishi yuzasidan bayonot berishdi.

Ushbu turnir O`zbekiston penchak silat federasiyasi hamda Sunrise Entertainment agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, tadbirni o`tkazish masalasida hozirda Davlat sport qo`mitasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan. Hujjatlar ko`rib chiqilib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli ruhsat olinganidan so`ng tadbirning o`tkazilishi aniq bo`ladi hamda jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.

9 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan International Sport Shou kechasida dunyoning hamda O`zbekistonning eng ko`zga ko`ringan sportchilari o`rtasida Mixed Silat (penchak silatning professionl jang turi) bo`yicha jang tashkil etiladi.

Tashkilotchilar rasmiy ma`lumotlarni Darakchi.Uz orqali e`lon qilishni va`da qilishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: