Главная » Yangiliklar » Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlarida sovuq suv o`chiriladi
Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlarida sovuq suv o`chiriladi

Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlarida sovuq suv o`chiriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlarida sovuq suv o`chiriladi
  • Дата релиза: 27-03-18, 15:35
Toshkentning Olmazor va Shayxontohur tumanlarida sovuq suv o`chiriladi
«Suvsoz» korxonasining ma`lum qilishicha, bu bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik va ta`mirlash profilaktika ishlari boshlanishi bilan bog`liq rejali asosda Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida 28­–30 mart kunlari sovuq suv bosimi kamayadi va bir muddatga o`chiriladi.

Ishlar 28 mart soat 9:00 dan 30 mart soat 9:00 gacha olib boriladi.

Suv o`chirilishi va bosim pasayishining mahallalar va dahalar bo`yicha grafigi bilan korxona saytida tanishish mumkin.

Suv o`chiriladi:
Olmazor tumani: Chustiy mahallasi B-1 massiv, Alisher Navoiy mahallasi B-3 massiv, Beruniy maydoni mahallasi, Xonchorbog`, Aloqa, Forobiy, Chimboy-2, Qorasaroy, Guzarboshi, Qo`shtut, Allon, Eski shahar, Qumloq, Hofiz Ko`hakiy, Abu Bakir, Istiqlol mahallalari, Abdulla Qodiriy ko`chasi — Sebzor ko`chasidan Forobiy, Chig`atoy darvoza, Mirzo G`olib ko`chalarigacha, Beruniy, Talabalar shaharchasi.

Shayxontohur tumani: S-26, 27, 28, Gulobod, Bog`ko`cha, Sarxumdon, Qoratosh, Chaqar, Chorsu, Yangi Kamolon, Huvaydo, Gulbozor, Suzukota, Islamobod, Oqlon, Shofayz, Yangishahar, Obinazir, Ko`hota, O`zbekiston, Taxtapul, Katta hovuz, 1-sonli bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Navoiy ko`chasidan — Samarqand Darvoza, Termiz ko`chalarigacha, Toshkent davlat sirki, Chorsu bozori, JAR sport majmuasi, Abror Hidoyatov teatri, Milliy akademik drama teatri.

Suv bosimi pasaytiriladi
Olmazor tumani: Bobojonov ko`chasi, Nodira.

Shayxontohur tumani: S-15, Beshyog`och massivi, Ko`hota maxallasi, 3-tuman qozonxonasi.

Uchtepa tumani: 5-tuman qozonxonasi, Shayxzoda ko`chasi, Farhod, Qurilish, Lutfiy ko`chasi — Farhod ko`chasi, Xirmontepa ko`chasi, Shirin ko`chasi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: