Главная » Yangiliklar » ​Toshkentning qaysi tumanlarida tez-tez YTH sodir bo`ladi: Statistika
​Toshkentning qaysi tumanlarida tez-tez YTH sodir bo`ladi: Statistika

​Toshkentning qaysi tumanlarida tez-tez YTH sodir bo`ladi: Statistika

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkentning qaysi tumanlarida tez-tez YTH sodir bo`ladi: Statistika
  • Дата релиза: 27-05-17, 22:08
​Toshkentning qaysi tumanlarida tez-tez YTH sodir bo`ladi: Statistika
Yil boshidan buyon (22 mayga qadar) Toshkentda 472 yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Eng ko`p YTH Yunusobod tumanida sodir bo`lgan - 75. Ayanchli statistikaning uchligiga shuningdek Chilonzor - 64 va Mirzo-Ulug`bek tumani kirgan - 54 ta YTH.

O`tgan yilning shu davriga nisbatan yo`l-transport hodisalari soni 15% kamaygan. Toshkent shahar YHBBdan xabar berishlaricha, raqamlarning keskin pasayishiga foto va video kuzatuv kompyuterlashtirilgan tizimining joriy etilishi sabab bo`lgan.

4 oyda YTH oqibatida 480 kishi turli darajada tan jarohati oldi, 55 nafar ishtirokchi halok bo`ldi. 2016 yilning huddi shu davri bilan taqqoslaganda jabrlanganlar soni 73 taga yoki 13,2% kamaygan, halok bo`lganlar 15 kishiga yoki 21,4% kamaygan.

Toshkentdagi 69,1% YTHlar piyodalarning ustiga bostirib kelishi bilan bog`liq.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: