Главная » Yangiliklar » Toza havo insoniyat uchun xavfli ekanligi ma`lum bo`ldi
Toza havo insoniyat uchun xavfli ekanligi ma`lum bo`ldi

Toza havo insoniyat uchun xavfli ekanligi ma`lum bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toza havo insoniyat uchun xavfli ekanligi ma`lum bo`ldi
  • Дата релиза: 25-01-18, 16:56
Toza havo insoniyat uchun xavfli ekanligi ma`lum bo`ldi
Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQShva Germaniya olimlaridan iborat xalqaro guruh havodan ifloslantiruvchi moddalarni yo`qotish global isish jarayonini yanada murakkablashtirishi mumkin, degan xulosaga kelishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri .

Ba`zi mutaxassislar global harorat ko`tarilishi muammosini bartaraf etish uchun aerozollardan foydalanishni taklif qilishmoqda. Biroq tadqiqot natijalari geomuhandislikning bunday usuli iqlimning yanada tezkor isishga olib kelishi mumkinligini ko`rsatdi. Har qanday holatda ham iqlimning o`zgarishi kuchli suv toshqinlari, halokatli jazirama, ayoz va boshqa tabiiy ofatlar bilan tahdid soladi.

Olimlar iqlimning global o`zgarishi bilan bog`liq to`rt ssenariyni modellashtirishdi, ular aerozollarning yo`qolish oqibatlarini imitasiya qiladi. Ma`lum bo`lishicha, havoni ifloslantiruvchi moddalar Erga kelib tushayotgan quyosh radiasiyasiningbir qismini bloklar ekan. Atmosferadagi uglerod dioksidining ayni damdagi darajasida ularni yo`qotish issiqxona effektini kuchaytiradi, zero atmosfera ko`proq issiqlik energiyasini yutadi.

Mazkur jarayon natijasida atmosferaning o`rtacha harorati Selsiy bo`yicha 0,5-1,1 darajagao`sadi. Bu, o`znavbatida, qurg`oqchilik va suv toshqini kabi tabiiy ofatlar sonini keskin ko`paytiradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: