Главная » Yangiliklar » Trampga tahdid qilgan erkakni topishda yordam berganga 10 ming dollar mukofot puli e`lon qilindi
Trampga tahdid qilgan erkakni topishda yordam berganga 10 ming dollar mukofot puli e`lon qilindi

Trampga tahdid qilgan erkakni topishda yordam berganga 10 ming dollar mukofot puli e`lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Trampga tahdid qilgan erkakni topishda yordam berganga 10 ming dollar mukofot puli e`lon qilindi
  • Дата релиза: 10-04-17, 16:03
Trampga tahdid qilgan erkakni topishda yordam berganga 10 ming dollar mukofot puli e`lon qilindi
AQShning Viskonsin shtatida 150 nafar huquq-tartibot idorasi xodimlari 32 yoshli Jozef Yakubovskini qidirmoqda, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.

Jozef Yakubovski o`q otar quroli do`konidagi o`g`irlik qilganlikda va Donald Trampga tahdid qilingan maktub yo`llaganlikda ayblanmoqda.

“Tergov ishlarida yordam ko`rsatish uchun mahalliy va federal darajadagi 150 nafar polisiya xodimi ajratilgan. Ular 300 dan ortiq ma`lumotlarni tekshirdi, yana 50 ta ma`lumot tekshirilishi lozim”, deb xabar berdi polisiya xodimlaridan biri.

Jozef Yakubovski o`q otar qurol sotish bilan shug`ullanuvchi do`kondan bir qancha vintovkalarni o`g`irlab, o`zining mashinasiga o`t qo`ygan. Bundan tashqari, u Oq uyga hukumat ishlaridan norozi ekanligi haqida memorandum jo`natgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: