Главная » Yangiliklar » Transportdan axlat tashlash uchun jarima 2 baravar oshirildi

Transportdan axlat tashlash uchun jarima 2 baravar oshirildi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 oktyabr kuni Ma`muriy javobgarlik kodeksining bar qator bandlariga o`zgartirish kiritish haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda "Xalq so`zi".

Kiritilgan o`zgarishlardan biri, transport vositasidan axlat tashlashga taaluqlidir.

Xususan, Ma`muriy javobgarlik kodeksining 123 moddasiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, bundan buyon poezd vagonlari, avtobus yoki avtomobil transporti oynalaridan otib yuborilgan axlat uchun undiriladigan jarima miqdori EKIHning 1/5 miqdorida - ya`ni 36860 so`m etib belgilandi.

Eslatib o`tamiz, bugungi kunda ushbu jarima miqdori EKIHning 1/10 (18430 so`m) miqdorida belgilangan.

Shuningdek Ma`muriy qonunbuzarlik kodeksiga maxsus belgilangan joylardan boshqa joyga axlat tashlash, tabiiy suv havzalarini ifloslantirish va kanalizasiya tarmoqlari foydalanish qoidalarini buzish uchun javobgarlik choralari kuchaytirilgan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Transportdan axlat tashlash uchun jarima 2 baravar oshirildi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]