Главная » Yangiliklar » Tunisdagi cho‘l o‘rtasida ko‘l paydo bo‘ldi
Tunisdagi cho‘l o‘rtasida ko‘l paydo bo‘ldi

Tunisdagi cho‘l o‘rtasida ko‘l paydo bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tunisdagi cho‘l o‘rtasida ko‘l paydo bo‘ldi
  • Дата релиза: 04-08-14, 21:47
Tunisdagi cho‘l o‘rtasida ko‘l paydo bo‘ldi
Tunis cho‘ponlari Gafsa shahridan 25 kilometr uzoqlikda cho‘lning o‘rtasida ko‘l topdi. Bu haqda The Independent’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Aniqlanishicha, sirli ko‘l uch hafta avval paydo bo‘lgan. Olimlar hozircha uning qanday hosil bo‘lganini aniq tushuntira olmayapti. Taxminlarga ko‘ra, ko‘l seysmik faollik natijasida paydo bo‘lgan.

Mahalliy hukumat yangi havzadagi suv tarkibida oqqon kasalligini yuzaga keltiruvchi kanserogen moddalar bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, unda cho‘milishni taqiqlab qo‘ydi. Biroq aholini ogohlantirilayotgan xavf to‘xtatib qololmadi.

Ayrim kishilar ko‘lni mo‘jiza deb atayotgan bo‘lsa, yana ayrimlar lan’at demoqda. Hatto Facebook ijtimoiy tarmog‘ida mazkur mo‘jizaga atalgan guruh ham ochildi.

Hukumat bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ldagi suv hajmi bir million kub metrni, chuqurligi esa 10—18 metrni tashkil etadi.
Логин:
Пароль: