Главная » Yangiliklar » Turkiyadagi plyajda ikki boshli delfin topildi
Turkiyadagi plyajda ikki boshli delfin topildi

Turkiyadagi plyajda ikki boshli delfin topildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Turkiyadagi plyajda ikki boshli delfin topildi
  • Дата релиза: 12-08-14, 23:56
Turkiyadagi plyajda ikki boshli delfin topildi

To‘lqin Turkiyadagi plyajlardan biriga ikki boshli delfinni chiqarib tashladi. Mutant murdasini Izmirdagi qirg‘oqda mahalliy fuqaro — jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Tugrul Metin ko‘rib qoldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

 Aniqlanishicha, delfin bir yoshda bo‘lib, uning uzunligi deyarli bir metrga teng. Nashr e’lon qilgan rasmda “maxluq”ning ikkita boshi va bitta dumi borligini ko‘rish mumkin.

 Tugrul Metin jurnalistlarga delfinni dengizdaligidayoq payqagani, uni to‘lqin qirg‘oqqa olib chiqqanini ko‘rganini aytib berdi. “Avvaliga ko‘zlarimga ishonmadim. Bunaqasini umrimda ko‘rmagan edim, shunga shok holatiga tushib qoldim”, — dedi u.

 Metin o‘z topilmasi haqida politsiyaga xabar bergan. Plyajga mutaxassislar yetib kelib, delfinni ekspertiza uchun olib ketishgan. Olimlar har ikkala boshda ham ko‘zlar va nafas olish teshigi yaxshi rivojlanmaganini aniqlashgan.

 G‘ayrioddiy mavjudotni o‘rganish bilan Oqdengiz Universiteti olimlari shug‘ullanmoqda. Ular bu kabi Siam egizaklari kamdan-kam uchrashi tufayli, mutant delfinni tadqiq qilishdan mamnunliklarini bildirdi.

Логин:
Пароль: