Главная » Yangiliklar » TUXUMDAGI BITIK
TUXUMDAGI BITIK

TUXUMDAGI BITIK

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: TUXUMDAGI BITIK
  • Дата релиза: 01-11-17, 20:48
TUXUMDAGI BITIK
Toshkentning Yashnaobod tumanidagi Ahmad Yassaviy mahallasida istiqomat qiluvchi Mirzaahmedov Mirsodiq akaning tovug`i yozuvli tuxum qo`ydi.

Mirsodiq aka shinamgina hovlisining bir chetiga ro`zg`or uchun ekin-tekin, bir burchiga nevaralarga quvvat bo`ladi, deya qafas qurib tovuq saqlaydi. Bu gal katakdan uch dona tuxum oldi. Katalak nim qarong`i bo`lgani sabab tuxumlardan birida g`adirlikni sezdi. Tashqariga chiqib qarasa, tuxum naqshlar bilan bezalgan. Mirsodiq aka asli ganchkor usta. Kasb-kori taqazosi bilan arab harflaridan xabardor.

— Masjidlarga naqsh solishda asosan kalima va oyatlardan foydalaniladi. Shu sabab ham xizmat taqazosi bilan arab xarflarini o`rganganman, — deydi M.Mirzaahmedov. — Bu tuxumgi yozuvlar arab harflaridan iborat ekanini payqash qiyin emas.Ko`rib turganingizdek, aniq va tiniq bo`rtib turibdi. Mahallamizdagi arab tili ilmining hadisini olgan kishilarga ko`rsatdim. Ular tuxumdagi bitiklar Kalimai Shahodat ekanligini harfma harf solishtirib o`qishdi. Aslida Olloh yaratgan barcha ne`matlarning o`zi mo``jiza.
Логин:
Пароль: