Главная » Yangiliklar » Tverda 13 yoshli qizni ota-onasi qaynoq suv quyib o`ldirdi
Tverda 13 yoshli qizni ota-onasi qaynoq suv quyib o`ldirdi

Tverda 13 yoshli qizni ota-onasi qaynoq suv quyib o`ldirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tverda 13 yoshli qizni ota-onasi qaynoq suv quyib o`ldirdi
  • Дата релиза: 06-04-17, 11:20
Tverda 13 yoshli qizni ota-onasi qaynoq suv quyib o`ldirdi
Rossiyaning Tver shahrida 13 yoshli qizini kaltaklab, qaynoq suv quyib o`ldirgan qizning ota-onasi sud qilinmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Sudda qizning onasi va o`gay otasidan nima uchun qizni bunchalik qiynashgani haqida so`ralganda, “bu tarbiya usuli”, deb o`zlarini oqladi. Qizning onasi Anastasiya Kulagina va o`gay otasi Sergey Balashovlar qizni avvaliga kaltaklashgan, keyin ustidan qaynoq suv quyishgan. Oqibatda olgan tan jarohatidan qiz vafot etgan.

Anastasiya Kulagina: “Men hech kimni o`ldirishni istamagandim, hammasi ehtiyotsizlik oqibatida bo`ldi. Uni jazolaymiz, deb oshirib yuboribmiz”.

Qizcha arzimagan narsaga, kastryulning qopqog`ini yo`qotib qo`yganligi uchun shafqatsizlarcha jazolangan. Qo`shnilarning aytishicha, butun ro`zg`or tashvishlari 13 yoshli qizning bo`ynida bo`lgan. Avvaliga qizni o`gay otasi gantel bilan urgan, keyin onasi kamar bilan kaltaklashni davom ettirgan. Qizni jazolashda uning 15 yoshli akasi ham ishtirok etgan. O`sha kuni u ham ota-onasi bilan birga o`tirib, spirtli ichimlik iste`mol qilgan.

Qiz kaltaklardan holsizlanib polga yiqilganda, o`gay otasi uch marotaba choynakni qaynatib kelib, ustidan qaynoq suv quygan. Jazolash bir necha soat davom etgan. Shifokorlarning xulosasiga ko`ra, qiz travmatik shokdan vafot etgan. Oiladagi uch farzanddan, to`ng`ich qiz ko`proq jazolangan. Tergov davomida er-xotin aybni bir-biriga ag`dardi va qilgan ishlaridan pushaymon ekanliklarini bildirdi. Qizni kaltaklashda ishtirok etgan akasi ham yaqin kunlarda qilgan jinoyati uchun sud oldida javob beradi. Uning voyaga etmaganligi tufayli jinoiy ishning ma`lum qismi alohida ish yurituvi uchun ajratildi, shuning uchun unga nisbatan engilroq jazo qo`llanilishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: