Главная » Yangiliklar » “Uchar ketmon” o‘zbekistonlik iPhone egalari eng ko‘p ko‘chirib olayotgan o‘yinga aylandi
“Uchar ketmon” o‘zbekistonlik iPhone egalari eng ko‘p ko‘chirib olayotgan o‘yinga aylandi

“Uchar ketmon” o‘zbekistonlik iPhone egalari eng ko‘p ko‘chirib olayotgan o‘yinga aylandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “Uchar ketmon” o‘zbekistonlik iPhone egalari eng ko‘p ko‘chirib olayotgan o‘yinga aylandi
  • Дата релиза: 27-06-14, 12:41
“Uchar ketmon” o‘zbekistonlik iPhone egalari eng ko‘p ko‘chirib olayotgan o‘yinga aylandi
Flappy Bird o‘yiniga asoslangan va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan o‘zbekcha “Uchar ketmon” o‘yini o‘zbekistonlik iPhone egalari App Store’dan eng ko‘p yuklab olayotgan dasturga aylandi. Bu haqda “Kun” xabar berdi.

App Annie ma’lumotlariga ko‘ra, to‘liq nomi “Uchar ketmon (Flappy Bird’ga dam)” bo‘lgan o‘yin App Store’da 20-iyun kuni paydo bo‘lib, shu kunning o‘zida onlayn-do‘konning O‘zbekiston maydonchasi umumiy reytingida yuklab olishlar soni bo‘yicha 214-o‘rinni, “O‘yinlar” kategoriyasida esa 63-o‘rinni egallagan.

Dastur App Store’ning O‘zbekiston umumiy reytingida 22-iyun kuni 229-o‘ringa, 23-iyun kuni esa birdaniga 2-o‘ringa ko‘tarilgan. Uchar ketmon 24—25-iyun kunlari App Store’da birinchi bo‘ldi, 26-iyun holatiga ko‘ra dastur peshqadamlikni hozircha hech kimga bergani yo‘q.

O‘yin mashhur Flappy Bird o‘yini hamda o‘zbek kinosi xazinasiga aylangan komediya filmlarga asoslangan bo‘lib (jumladan, “Abdullajon”), uchar ketmon mingan kishi to‘siqlar orasiga yig‘ilgan so‘mlarni (5 ming so‘mliklar) yig‘ib chiqishi kerak.

Foydalanuvchi biror so‘m yig‘olmay, to‘siqqa urilib, yutqazsa, “Abdullajon” filmidagi Bozorvoy obrazining “Oytovoq bo‘lmay o‘l!” degan ovozi, agar ko‘p pul yig‘sa, “Millioner bo‘pketdim-a!” degan ovozi eshitiladi. O‘yin davomida filmlardan olingan boshqa iqtiboslarni ham eshitish mumkin.
Логин:
Пароль: