Главная » Yangiliklar » UEFA: tartibsizliklar yana takrorlansa, Angliya va Rossiya termalari Yevro–2016 dan chetlashtirilishi mumkin
UEFA: tartibsizliklar yana takrorlansa, Angliya va Rossiya termalari Yevro–2016 dan chetlashtirilishi mumkin

UEFA: tartibsizliklar yana takrorlansa, Angliya va Rossiya termalari Yevro–2016 dan chetlashtirilishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: UEFA: tartibsizliklar yana takrorlansa, Angliya va Rossiya termalari Yevro–2016 dan chetlashtirilishi mumkin
  • Дата релиза: 12-06-16, 22:38
UEFA: tartibsizliklar yana takrorlansa, Angliya va Rossiya termalari Yevro–2016 dan chetlashtirilishi mumkin
Rossiyalik va angliyalik futbol ishqibozlari ishtirokidagi tartibsizliklar yana takrorlansa, bu ikki davlat terma jamoalari Yevropa chempionatidan chetlashtirilishi mumkin. Bu borada UEFA rasmiy saytida ogohlantirish chop etildi, deb xabar beradi “Sovsport.ru”. “UEFA ijroiya qo‘mitasi Marsel markazidagi to‘qnashuvlarga keskin e’tirozini bildiradi. Angliya va Rossiya termalari muxlislarining bunday fe’l-atvoriga futbolda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deyiladi bayonotda. Ijroiya qo‘mitasi ikki davlat assotsiatsiyalariga ogohlantirish berdi. Xulq-atvor instansiyalari qabul qiladigan qarordan qat’iy nazar, qo‘mita Angliya va Rossiya bosh futbol tashkilotlariga ikkala terma jamoani musobaqadan chetlashtirishgacha bo‘lgan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish huquqini o‘zida qoldiradi, deb ta’kidlanadi hujjatda. “Biz Angliya futbol uyushmasi va Rossiya futbol ittifoqi muxlislariga murojaat etib, o‘zlarini munosib tutishlarini so‘rashlarini qat’iyan talab qilamiz. Shuningdek, bu vaziyatda turnir xavfsiz shart-sharoitda o‘tishi uchun barcha ishni qilayotgan tashkilotchilar hamda Fransiya huquq-tartibot kuchlarini qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz”, — qo‘shimcha qilinadi UEFAning murojaatida. Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ikki jamoa fanatlari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi, keyinchalik esa ular mahalliy aholi bilan mojaroga kirishdi. Ilgariroq UEFA Marseldagi tartibsizliklarni keskin qoralab chiqqan edi.
Логин:
Пароль: