Главная » Yangiliklar » Ulug`bek Rahmatullaev xayriya konserti orqali lisenziyasini qaytarib oldi
Ulug`bek Rahmatullaev xayriya konserti orqali lisenziyasini qaytarib oldi

Ulug`bek Rahmatullaev xayriya konserti orqali lisenziyasini qaytarib oldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ulug`bek Rahmatullaev xayriya konserti orqali lisenziyasini qaytarib oldi
  • Дата релиза: 15-07-18, 15:54
Ulug`bek Rahmatullaev xayriya konserti orqali lisenziyasini qaytarib oldi
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi joriy yilning 27 iyunidan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaevning viloyatlarda o`tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmaganligi tufayli xonandaning lisenziyasi tugatilganligi haqida ma`lum qilgan edi.

Muassasa 11 iyul kuni xonandaga lisenziyasini qaytarib bergan.

“Oradan bir oz vaqt o`tib, xonanda Ulug`bek Rahmatullaev Muassasaga murojaat bilan chiqib, u o`z xatosini tushunib etganligini va o`z tashabbusi bilan chekka hududlarda konsert berish niyatida ekanini bildirdi. Uning bu murojaati muassasa tomonidan qo`llab quvvatlanib, xonanda joriy yilning 10 iyul kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Jom qishlog`ida san`atsevar xalqimizga o`zining xayriya konsert dasturini taqdim etdi.

Ulug`bek Rahmatullaevning o`z xatosini tushunib etganligini va o`zi tashabbus ko`rsatib xayriya konsert dasturini namoyish etganligini inobatga olib, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi Ijodiy ko`maklashuvchi vakillar guruhi yig`ilishida 11 iyuldan xonandaning lisenziyasi qaytarib berilishi ma`qul deb topildi”, - deyiladi xabarda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: