Главная » Yangiliklar » Umidaxon o`z yo`nalishini topolmayapti
Umidaxon o`z yo`nalishini topolmayapti

Umidaxon o`z yo`nalishini topolmayapti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Umidaxon o`z yo`nalishini topolmayapti
  • Дата релиза: 24-03-18, 16:37
Umidaxon o`z yo`nalishini topolmayapti
Xonanda Umidaxon jurnalistlar bilan suhbatda, ijodiga o`zi baho berdi...

— Taronalarning mazmun jihatdan yaxshilanib borayotgani nafaqat menda, balki boshqa san`atkorlar ijodida ham sezilayapti. Maqtanishga yo`ymang-u, ettidan etmish yoshgacha bo`lgan muxlislarim bor. Ijodimni boshlaganimdan buyon hammaga birdek ma`qul keladigan qo`shiqlar yaratishga harakat qilayapman, garchi «Umidaxon o`z yo`nalishini topolmayapti» deyishsa ham. Men bir xillikni yoqtirmayman, shunga ham o`zimni turli yo`nalishlarda sinab ko`raman. Bugun san`atkor bo`laman deganlar ko`p, ba`zilar ashula aytish ish ekanmi, deydi ham. Lekin Xudo yuqtirgan iste`dodingiz bo`lmasa, bari bekor. San`atkorning qalbi pokiza, niyati xolis bo`lsa, tanlagan yo`lida g`irromlik, aldovlardan foydalanmasa, ko`zlagan maqsadiga erishadi. Hammasi niyatga bog`liq.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: