Главная » Yangiliklar » "Ummon" guruhi oila qurganimizdan so'ng muxlislarimiz kamaydi

"Ummon" guruhi oila qurganimizdan so'ng muxlislarimiz kamaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: "Ummon" guruhi oila qurganimizdan so'ng muxlislarimiz kamaydi
  • Дата релиза: 18-10-16, 09:32
"Ummon" guruhi oila qurganimizdan so'ng muxlislarimiz kamaydi
"Guruhdagi Shohruh va Jasur oila qurganidan so`ng bu holat ularning ijodiy faoliyatiga va reytingiga qanday ta`sir ko`rsatgani haqidagi savolga ular quyidagicha javob berdi: 

Jasur: — Tan olish kerak, cho`chish hammada bo`ladi. Tabiiyki, bizlarni ham bunday hayol chetlab o`tgani yo`q. Chunki o`zingiz aytganingizdek, muxlislarimizning aksariyatini qizlar tashkil etishadi. Va albatta, uylanish muxlislarning kamayishiga ta`sir etmasdan qolmaydi. Ammo ish bilan bo`lib oila, shaxsiy hayotni ham unutib qo`yish kerak emas. Muxlislarning munosabatiga kelsak, ular bizning ijodimizga shinavandalik qilishlarini istardik. 

Shohruh: — Yashirin uylanib, keyin hammaga xuddi bo`ydoqdek ko`rinib yurish bizga to`g`ri kelmaydi. Bu juda noto`g`ri. Tinglovchilarmiz bizni borimizcha qabul qilishlarini istaymiz. 

Zohid: — Hayotimizni yaxshi kunini barchaga e`lon qilib, yaqinlarimiz bilan birgalikda nishonlash kabi yoqimli narsani yashirish noto`g`ri. Ashaddiy muxlislarimiz bizning hayotimizdagi bunday yaxshi yangiliklardan xuddi o`zimizdek xursand bo`lishadi, deb o`ylayman. 

“Ummon” guruhi bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.
Логин:
Пароль: