Главная » Yangiliklar » “Umra-2017” bahor mavsumi nihoyasiga etdi
“Umra-2017” bahor mavsumi nihoyasiga etdi

“Umra-2017” bahor mavsumi nihoyasiga etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “Umra-2017” bahor mavsumi nihoyasiga etdi
  • Дата релиза: 13-04-17, 15:48
“Umra-2017” bahor mavsumi nihoyasiga etdi
2017 yil 11 aprel kuni bahor mavsumining so`nggi – Toshkent – Jidda yo`nalishi bo`yicha ketgan o`zbekistonlik ziyoratchilar umra arkonlarini to`liq bajarib, sog`-salomat ona yurtimizga qaytdib keldilar.

Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi kutib olishdi. Ziyoratchilarimiz 10 kun davomida Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida bo`lib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar.

20 fevral kunidan 11 aprel kuniga qadar o`zbekistonlik ziyoratchilarning Saudiya Arabistoni Podshohligiga umra safarlari tashkil etildi.

Kuzatish va kutib olish tadbirlari Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirildi. Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo`lishini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma-tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari muntazam olib borildi. Ziyorat 10 kunni tashkil etdi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o`zbekistonlik 8 nafar ishchi guruhi, 27 nafar shifokor va 8 nafar oshpaz xizmat ko`rsatdilar.

Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarga qulayliq yaratish maqsadida Haramga olib borish va qaytarib olib kelish uchun shinam avtobuslar shuningdek, mehmonxonalarda uzluksiz navbatchilik tashkil etildi. O`zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida “Masjidi nabaviy”dan 100-150 metr masofada joylashgan to`rt yulduzli “Mavadda Nur”, Makka shahrida esa “Xaram masjidi”dan 800 metr uzoqlikdagi “Abroj al-Kisva” mehmonxonalari xizmat ko`rsatdi.

“Umra-2017” bahor mavsumi muvaffaqiyatli yakunlanib, unda Respublikamizdan jami 5500 nafar fuqaro umra amallarini bajarib, qaytdilar. Ziyoratdan qaytgan fuqarolarimiz yaratib berilgan sharoitlar uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, hukumati hamda Din ishlari bo`yicha qo`mita va O`zbekiston musulmonlari idorasi nomiga o`z minnatdorchiliklarini bildirib, Vatanimiz ravnaqini tilab duolar qildilar.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: